Braziliya hukumati Xitoyning BYD avtomobil işlab çiqaruvçisi va uning ikki pudratçisiga qarşi da’vo arizasi kiritdi. Ular Baiya ştatida zavod qurilişi çoğida odam savdosi va qullik şaroitidagi mehnatni taşkil qilganlikda ayblanmoqda.

Mehnat nizolari bilan şuğullanuvçi prokuratura BYD, China JinJiang Construction Brazil va Tecmonta Equipamentos Inteligentes kompaniyalaridan qurilişdagi işçilarga ma’naviy zarar uçun 45 million dollar kompensatsiya tölaşni talab qilmoqda. Bundan taşqari, prokuratura yuqorida nomlari keltirilgan kompaniya Braziliya mehnat qonunçiligiga rioya qilişlarini ta’minlaşga, har bir qoidabuzarlik uçun zarar körgan işçilarga 50 ming realdan pul tölaşlariga erişmoqçi.

Da’vo arizasi ötgan yili BYDʼning Kamasari şahrida yangi zavodi qurilayotgan maydonçadan 220 nafar xitoylik işçi qutqarilgani bilan boğliq tergov doirasida kiritilgan. Prokuratura hisobotida keltirilişiça, işçilar Braziliyaga yolğon va’dalar va ularning lavozimlariga mos kelmaydigan vizalar orqali olib kelingan. «Ayrim işçilar matrasi yöq karavotlarda uxlagan, ularning şaxsiy buyumlari esa ovqat yonida yotgan. Yuviniş xonalari kam va ular işçilar jinsiga qarab ajratilmagan. Ular joylaşgan uylarning birida 31 kişiga bitta hojatxona töğri kelgan, natijada işçilar özlarini tartibga keltiriş uçun tonggi soat törtdan uyğonişga majbur bölgan», — deyiladi hisobotda.

BYD öz aybini tan olmagan. Kompaniya tergov bilan hamkorlik qilayotgani, barça e’tirozlarga sud eşituvlari doirasida javob qaytarişini ma’lum qilgan.