RF prezidentining yordamçisi, Istanbuldagi muzokaralarda Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Vladimir Medinskiy Ukrainaga allaqaçon yangi uçraşuv joyi va sanasi taklif qilinganini aytdi. Medinskiyning Telegramʼdagi posti Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyani jarayonni çözişda ayblaganidan köp ötmay paydo böldi.

Zelenskiyning versiyasiga köra, Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov Medinskiyga qönğiroq qilgan va undan Moskva tez orada öt oçişni töxtatiş böyiça öz pozitsiyasini e’lon qiliş kafolatini olgan. «Lekin biz heç narsaga erişa olmadik. Heç kim erişa olmadi. AQŞga murojaat qildik — ular ham kutyapti. Hamma kutyapti. Balki, kutmaslik kerakdir — yanada jiddiyroq çoralar köriş vaqti kelgandir», — deydi Ukraina prezidenti.

Medinskiyning sözlariga köra, uning özi Umerovga qönğiroq qilgan va «memorandum — jangovar harakatlarni töxtatiş şartlari röyxatini almaşiş uçun uçraşuv ötkaziladigan aniq sana va joyni» taklif qilgan. Uning ma’lum qilişiça, Rossiya «öşa yerning özida, darhol» muzokaralarni davom ettirişga tayyor.

«Ukraina tomoni maslahatlaşuvga yöl oldi. Aftidan, majlis çözilib ketdi. Tasdiqlov kutyapmiz va biz belgilangan sanada — yaqin kunlarda şaxsan uçraşiş va iş boşlaşga tayyormiz», — deydi Medinskiy.

RF va Ukraina öt oçişni töxtatiş böyiça öz şartlari keltirilgan hujjatlarni almaşişga Istanbuldagi uçraşuvda kelişib olgandi. Öşanda hujjatlar tayyor bölişi bilan muzokaralar davom ettirilişi ma’lum qilingandi.

AQŞ prezidentining maxsus vakili Kit Kellog 26 may kuni Vaşington Ukraina tomonidan öz şartlari röyxatini qabul qilganini bildirgan edi.