Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev 2029 yilda prezidentlik lavozimini tark etişini aytdi.

«2029 yilda lavozimimdan ketişimni allaqaçon e’lon qilganman. Çunki bu xalqimning talabi va özimning qarorim», dedi u Al-Jazeera telekanaliga bergan intervyusida.

Töqayev har qanday prezident davlat boşqaruvçisi ekaniga qat’iy işonişini ta’kidladi.

«U Xudoning elçisi emas. U öz xalqi tomonidan saylangan davlat boşqaruvçisi. Bizda bor-yöği yetti yilga», dedi prezident.

Davlat rahbari, şuningdek, islohotlar jarayoni juda uzoq va barqaror ekanini, Qozoğiston islohotlar mamlakati ekanini aytdi.

«Islohotlarimizni davom ettiramiz, uzluksiz olib boramiz. Va bunga heç qanday tösiq bölmaydi. Mening e’tiqodim şuki, biz Qozoğiston manfaati uçun muhim islohotlarni amalga oşirişimiz kerak», dedi u.

2019 yil iyun oyida Qozoğistonda bölib ötgan navbatdan taşqari saylovda Qosim-Jömart Töqayev 70 foizdan köproq ovoz oldi. «Yanvar voqealari»dan söng Töqayev 2022 yil 20 noyabrda bölib ötgan navbatdan taşqari prezidentlik saylovini e’lon qildi va unda 81,31 foiz ovoz oldi. Uning vakolat muddati 2029 yilda yakunlanadi.

Avvalroq, Töqayev saylovoldi dasturi va islohotlarni amalga oşiriş uçun yetti yillik prezidentlik muddati yetarli ekanini aytgan edi.