Bu hafta antitsiklonning mintaqada uzoq turib qolişi ob-havoni sezilarli darajada salqinlaştirdi. Ayrim hududlarda mavsum uçun ilk talafotli sel-suv toşqinlari ham kuzatildi. Kelasi haftaning örtalaridan havo harorati keskin isib, harorat +40 darajagaça kötarilişi kutilyapti. Jaziramadan söng, hayit kunidan yana salqin havo qaytadi.

Erkin Abdulahatov: Darhaqiqat, ötgan sonimizda aytgan katta hajmdagi antitsiklon atrof mintaqani çuqur bloklaş xususiyatiga ega bölgani uçun respublikada ötgan 5 kunlikda sezilarli salqinlik kuzatildi. Bu hozir ham davom etmoqda. Şunga qaramay, 26-27 may kunlari vodiy va toğli hududlarida yaxşigina yoğingarçilik kuzatildi. Yoğinlar qisqa vaqt oraliğida jadal körinişda bölgani sabab masalan Jizzax viloyati Zomin tumaniga mavsum uçun respublikada ilk talafotli sel hodisasini taqdim etdi.

Kamoliddin Ikromov: Joriy bahor jaziramasi va yoğin taqçilligi buğdoy hosildorligiga qanday ta’sir qildi?

Erkin Abdulahatov: «Özgidromet»ning agrometeorologik prognozga köra, joriy quruq ötayotgan va anomal issiqqa boy ob-havo buğdoy hosildorligiga ijobiy ta’sir körsatdi. Respublika şimoliy hududlaridan taşqari boşqa viloyatlarda ğalla hosili sönggi 5 yillik örtaça qiymatdan köp bölişi kutilmoqda. Ayniqsa, Farğona, Navoiy, Jizzax va janub viloyatlarida buğdoy hosildorligi gektariga 8-11 sentner köp olinişi taxmin qilinmoqda.

Kamoliddin Ikromov: Kelayotgan hafta joylarda qanday ob-havo kutiladi?

Erkin Abdulahatov : Kelayotgan hafta boşlaridan mintaqaga Turkmaniston orqali +40 darajali issiq harorat tölqini kirib kelyapti. U seşanba-çorşanba kunlari şimol, janub va Buxoro-Navoiy viloyatlarida, payşanba kuni vodiydan taşqari respublika katta qismiga +40 daraja issiq ulaşadi. Juma kuni hududlarda yana salqin ob-havo kutiladi.

Kamoliddin Ikromov: Kelayotgan 5 yillikda iqlim qanday böladi? Uzoq muddatli ob-havo prognozlari bormi?

Erkin Abdulahatov: Jahon Meteorologik taşkiloti şu kunlarda 2026-2030 yillar uçun taxminiy iqlim prognozlarini taqdim etdi. Unda bizning mintaqada kelayotgan 5 yillikda muntazam harorat kötarilib borişi, umumiy ma’noda sönggi 30 yillik iqlimiy davrdan 2 daraja yuqori bölişi, yoğingarçilik kesimida kelayotgan 5 yillikda yoğinlar me’yor atrofida va toğlarda kamroq bölişi keltirilmoqda.