AQŞda 250 millionga yaqin asalarini olib ketayotgan yuk maşinasi ağdarilib ketdi. Hodisa Linden şahri yaqinidagi Veydkamp avtomobil yölida sodir böldi, deb xabar bermoqda CBS News.

Mahalliy hukumat ma’lumotlariga köra, yuk maşinasi içida 32 tonna asalari uyasini olib ketayotgan bölgan. Yöl-transport hodisasidan keyin haşarotlar butun yöl böylab soçilib ketgan. Hodisa joyiga darhol asalariçilar yetib kelgan va ularni öz uyalariga qaytariş va ona asalarilarni qidirişga yordam bergan.

Avtomobil yöli kamida ikki kunga töliq yopilgan — bu odamlar va asalarilar xavfsizligi uçun zarur.

Avariya oqibatlarini bartaraf etişga 20 dan ortiq professional asalariçi jalb etilgan. Rasmiylarning ta’kidlaşiça, asalarilar aholiga heç qanday tahdid uyğotmaydi, ammo allergiyasi bor odamlarga ehtiyot böliş tavsiya qilindi.

«Ayni vaqtda hodisa joyidagi işlar yakunlandi. Ağdarilib ketgan yuk maşinasidan omon qolgan uyalar çiqarib olindi, qayta tiklandi va foydalanişga topşirildi. Ertalabgaça asalarilarning aksariyati uyalariga qaytişi kerak», — deyiladi xabarda.