Rossiyalik deputat Markaziy Osiyodan kelayotgan migrantlar, xususan özbeklar haqidagi gaplaridan keyin, etika komissiyasida söroq qilinadigan böldi. Kun.uz jonli efirda suhbatlaşgan ekspertlar bunga izoh berarkan, RFning turkiy regionlaridagi etnik assimilyatsiya siyosatiga e’tibor qaratdi. Yaqinda Boşqirdistonda folklor asosidagi aşulaning xit bölib ketgani ham mintaqa xalqlarida milliy özlikni saqlab qolişga ehtiyoj yuqoriligini körsatadi.
“Migrantlar tarixiy vataniga qaytayotgandir?”
Rossiya Federatsiyasining Xanti-Mansiysk avtonom okrugi Dumasi deputati Xolid Taği-zoda mintaqani ayrim migrantlarning tarixiy vatani deb atadi. U Duma majlislaridan birida okrugning tub aholisi va migrantlar örtasida tuğiliş statistikasini muhokama qiliş çoğida masalaning şu jihatiga e’tibor qaratdi.
“Migrantlar ham har xil böladi. Masalan, özbeklarni olsak. Yugra va Tyumen oblastining bir qismi tarixda Sibir xonligi bölgan. Ma’lumki, xonlikning oxirgi hukmdori Şayboniylar sulolasidan Kuçumxon bölgan. Şayboniylar sulolasi – Buxoro xonligidan kelib çiqqan hukmron özbeklarning sulolasi. Balki migrantlar şu yerga, özlarining tarixiy vatanlariga kelişayotgandir?” – dedi deputat Xolid Taği-zoda.
OAVdagi dastlabki xabarlarda u Rossiya Kommunistik partiyasi a’zosi ekani aytilgandi. Lekin keyin Kompartiya u bir neça yil oldin partiya a’zoligidan çiqarilganini bildirdi. Köp ötmay Xolid-Taği zoda Dumaning etika komissiyasida söroq qilinişi ma’lum böldi.
Tarixiy va iqtisodiy kontekst
Ma’lumot uçun, Möğullar imperiyasi, keyinçalik Oltin örda parçalangaç, 15-asr oxirlarida Ğarbiy Sibirda Sibir xonligi yuzaga keladi. Xonlikni Tayböğaxon va Şayboniyxonning avlodlari boşqarib kelgan. Xonlik aholisining etnik tarkibi sibir tatarlari, xanti, mansi va selkuplardan iborat bölgan. Sibir xonligi insoniyat tarixidagi eng şimoliy musulmon davlati sifatida qayd etiladi.
Rossiyaning hozirgi geografik jihatdan markaziy hududlari ustidan nazorat örnatişi 1582 yilda Sibir xonligi bosib olinişidan boşlangan.
Sibir xonligi örnida joylaşgan hozirgi Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra – Rossiyaning neft va gazga eng boy okrugi hisoblanadi. Şu sababli okrug iqtisodiyotining hajmi jihatdan RFda Moskvadan keyin ikkinçi örinni egallaydi. Rossiya regionlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati reytingida esa, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra 3-örinda turadi.











