Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi «Sino tibbiyot bilim yurti» («Milliy tibbiyot texnikumi» MÇJ) nomi ostida faoliyat yuritayotgan muassasa litsenziyasiz tarzda abituriyentlarni öqişga qabul qilayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Unda mazkur muassasa öquvçilarga diplom taqdim etiş huquqiga ega emasligi qayd etilgan.
«„Sino tibbiyot texnikumi“ MÇJ professional ta’lim xizmatlarini körsatiş uçun 217206-sonli litsenziyaga ega bölib, mazkur litsenziyaga asosan Farğona viloyati, Farğona şahri, „Şodiyona“ MFY, Sohibqiron Temur köçasi, 245-uyda faoliyat yuritmoqda hamda «Milliy tibbiyot texnikumi» MÇJ da professional ta’lim xizmatlarini körsatiş uçun litsenziyasi mavjud emas.
Yuqoridagilardan kelib çiqqan holda, Xorazm viloyati, Urganç şahri, „Köhna qal’a“ MFY, Tinçlik köçasi 29-uy manzilida faoliyat yuritayotgan tegişli litsenziyaga ega bölmagan „Milliy tibbiyot texnikumi“ MÇJ kasbiy ta’lim beriş va tahsil olgan öquvçilarga diplom taqdim etiş huquqiga ega emas», – deyiladi munosabatda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Urganç şahrida nodavlat tibbiyot texnikumi litsenziya olmasdan faoliyat körsatgani haqida mahalliy bloger tayyorlagan video tarqalgandi. Unda bloger «Sino tibbiyot bilim yurti» yoki «Milliy tibbiyot texnikumi» MÇJ nomi ostida faoliyat yuritayotgan muassasa litsenziyasiz tarzda abituriyentlarni öqişga qabul qilayotgani haqida fikr bildirgan.
Bloger keyingi videosida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullaridan javob xati olganini aytib, mazkur hujjatda litsenziyaga ega bölmasdan tarğibot olib borgan ayrim muassasalar ogohlantirilgani qayd etilganini ma’lum qilgan.












