Parij jamoasi total futboli bilan triumfga erişdi

Yevropa Çempionlari Ligasi, 31 may. Final.
«PSJ» – «Inter» 5:0
Gollar: Hakimi 12, Due 20, 63, Kvaratsxeliya 73, Mayulu 86
«PSJ»: Donnarumma, Hakimi, Markinos, Paço, Mendeş (L. Ernandes 78), Vitinya, Neveş (Mayulu 86), Ruis (Zair-Emeri 84), Due (Barkolya 67), Dembele, Kvaratsxeliya (Ramuş 84)
«Inter»: Zommer, Pavar (Bissek 54, Darmian 62), Açerbi, A. Bastoni, Dumfriz, Çalxonöğli (Asllani 70), Barella, Mxitaryan (Augusto 62), Dimarko (Zalevski 54), M. Tyuram, Lautaro Martines
Ogohlantirişlar: Due 65 – Zalevski 56, M. Tyuram 69, Açerbi 71

«PSJ» – 2024/2025 yillar mavsumida Yevropaning eng yaxşi jamoasi. Parijliklar Çempionlar ligasi finalida «Inter» ustidan 5:0 hisobida ğalaba qozondi va öz tarixida ilk bor uşbu sovrinni qölga kiritdi. YeÇLning hal qiluvçi öyinida bunday yirik hisob heç qaçon kuzatilmagandi.

Final «PSJ» futbolçilari töpni ataylab autga çiqarib yuborişi bilan boşlandi. Bu orqali Luis Enrike jamoasi darhol öyinni maydonning uçinçi qismiga ötkazib, u yerda örnaşib, raqibni pressing qiliş niyatida ekanini namoyiş etdi. Öyinning ilk daqiqalari prognoz qilinganidek aynan şu körinişda rivojlandi. Fransiya çempioni töpga va hududlarga egalik qilib, Italiyaning sobiq çempionlarini maksimal darajada oldinda qarşi oldi va darvozabon Zommerni ham töpni autga tepib yuborişga majbur qilişdi. Parijliklar hujum çiziği vakillari öz pozitsiyalarini almaştirib, «neradzurrilar»ni çalkaştirib taşlaşga harakat qilişdi. Umuman olganda, muxlislar bu mavsumdagi tipik «PSJ» öyiniga guvoh bölişdi.

«Inter» uç nafar markaziy yarimhimoyaçi va ikki forvardlik 3-5-2 sxemasi bilan maydon markazida tiğiz joylaşdi. Parijliklar qanotlarda va yarimqanotlarda futbolçilari sonini oşiriş orqali böş hududlar izlaşdi. Milanliklar maydonning öz darvozasiga yaqin qismida özaro pas öynaş orqali öyin sur’atini tuşirişga harakat qilişdi, ammo bu u qadar öxşamadi. Şu bilan birga, 12-daqiqagaça Luis Enrike jamoasida golli vaziyatlar bölmadi. Keyin esa soniyalar içida birdaniga ikki vaziyat yuzaga keltirildi. Avvaliga Dembele öng qanotda Dimarko va Bastonidan qoçib ketdi, ammo uning zarbasi töğri Zommerning qöliga bordi. Epizod «Inter» himoyaçilari hissiyotga berilgan holda muloqot qilişiga sabab böldi.

Keyin esa «PSJ» baribir gol urdi. Fransiya çempionlari öziga xos kombinatsiya uyuştirişdi. Yarimfinalda «Arsenal»ga qarşi birinçi öyinda ham hisob raqibning şu kabi xatosidan urilgandi.