Senator Abdurahim Erkayev Senat yalpi majlisida Özbekiston jahon odil sudlov loyihasining huquq ustuvorligi indeksida pastlaganini ma’lum qildi. Unga köra, keyingi yillardagi sud-huquq tizimini isloh qiliş böyiça amalga oşirilgan işlar natijasi yöq.
“2023 yilda biz yangi tahrirdagi konstitutsiyani qabul qildik va odil sudlov tizimi, umuman, hamma sohadagi huquqiy asoslar mustahkamlandi. Bundan taşqari, qança yangi qonunlar qabul qilinyapti. Hattoki, konstitutsiyaga advokatura töğrisida 2 moddadan iborat bob ham kiritildi. Köpgina davlatlarning konstitutsiyasida advokaturaga bağişlangan bunaqa alohida bob yöq. Maqsad – odil sudlovni amalga oşiriş. Çunki advokat xizmatisiz odil sudlovni amalga oşirib bölmaydi. Qilingan işlarga qarab bizning körsatkiçlarimiz yaxşilanişi kerak edi. Afsuski, ba’zi bir sohalarda buning teskarisini köryapmiz.
Jahon odil sudlov loyihasining huquq ustuvorligi indeksi böyiça beş poğonaga pastlab, 83-örinni egallab turibmiz. Beş poğonaga pastladik. Beş poğona kötarilganimizda boşqa gap edi. Endi huddi şu indeksning tarkibiga kiruvçi fuqarolik odil sudloviga erişiş darajasining yuqoriligi subindikatorida mamlakatimiz örni ötgan yilda 10 poğonaga pasaydi va 96-örindan 106-öringa çiqdik. Afrikaning ayrim mamlakatlaridan ham orqadamiz.
Bu holat nizolarni hal qilişda odil sudlovga erişiş qiyinligi, sud tizimiga işonçning susayib borayotgani, murojaatlarni körib çiqişda adolat va xolislik prinsiplari aholi tomonidan sezilmayotganidan dalolat beradi. Köp holatlarda sud qarorlarining ijrosi keçiktiriladi yoki bajarilmaydi”, deya ta’kidlagan senator.
Abdurahim Erkayev mazkur indikatorlarni hisoblaşda aholi örtasida ham har xil sörovlar ötkazilişini ta’kidlab, sud-huquq tizimining ayrim sohalariga odamlarning işonçi pasayib borayotganini bildirgan.
“Keyingi yillardagi sud-huquq tizimini isloh qiliş böyiça amalga oşirilgan işlarimizning natijasi qani? Natijasi yöq. Yaxşi emas, orqaga ketiş bor. Kim işlayotgan bölsa ijobiy natijalari bor. Salbiy natija qayd etilgan joylarda işlar öz holiga taşlab qöyilgan”, deya ta’kidlab ötgan Abdurahim Erkayev öz çiqişida.
Şuningdek, senator xalqaro reytinglarda pasayişning sabablari sifatida haligaça “telefon huquqi” davom etayotganini, ya’ni sudyalarga iltimoslar bölayotganini, korrupsiya holatlarining mavjudligini hamda ayrim sudyalarning malakasi pastligini sanab ötgan.

















