Volodimir Zelenskiy Kiyev delegatsiyasi 2 iyun kuni Istanbulda ötkazilişi rejalaştirilayotgan Rossiya—Ukraina muzokaralarining ikkinçi raundida iştirok etişini tasdiqladi.
«Mustaqilligimiz, davlatimiz va odamlarimiz himoyasi uçun barça işni qilyapmiz. Yaqin vaqt uçun vazifani belgilab oldim. Duşanba kuni Istanbulda ötkaziladigan uçraşuv oldidan pozitsiyamizni belgiladim.
Birinçidan — töliq va sözsiz öt oçişni töxtatiş. Ikkinçidan — asirlarning ozod qilinişi. Uçinçidan — öğirlab ketilgan bolalarning qaytarilişi. Işonçli va uzoq muddatli tinçlik örnatiş hamda xavfsizlikni kafolatlaş uçun — eng yuqori darajadagi uçraşuvga tayyorgarlik köriş. Asosiy masalalarni faqat yetakçilar hal qila oladi. Duşanba kungi delegatsiyamizga Rustem Umerov rahbarlik qiladi», — deb yozadi Ukraina prezidenti özining Telegram kanaliga.
Şuningdek, Zelenskiy 1 iyun kungi yiğilişda mudofaa vaziri, taşqi işlar vaziri, Boş ştab, razvedka va Ukraina Xavfsizlik xizmatidan hisobotlarni tinglaganini ma’lum qildi.
TASSning öz manbalariga tayanib xabar berişiça, muzokaralarda iştirok etadigan Rossiya delegatsiyasi Istanbul tomon yölga çiqqan. RF delegatsiyasiga prezident yordamçisi Vladimir Medinskiy rahbarlik qilmoqda. 28 may kuni Umerov va Medinskiy telefon orqali muloqot qilib, muzokaralar sanasi va vaqtini muhokama qilgan edi.
Rossiya vakillari muzokaralar davomida öt oçişni töxtatiş böyiça memorandum loyihasi va boşqa takliflarni taqdim etadi.












