Sitsiliyadagi Etna vulqonidan balandligi 6,5 kilometrga yetadigan ulkan vulqon kuli, gaz va toşlar ustuni otilib çiqdi. Etna – Yevropadagi eng katta uyğoq vulqon, ammo Italiya rasmiylari hozirça aholi uçun heç qanday xavf yöqligini aytmoqda.

Etna atrofidagi hududda aholi ziç joylaşgan bölib, nazariy jihatdan vulqon faolligi yuz minglab odamlar uçun xavf tuğdiradi.

Italiya Geofizika va vulqonşunoslik milliy instituti (INGV) ma’lumotlariga köra, vulqon otilişining tabiati kraterning yon tomonlaridan birida toğ jinslari qulaganini körsatadi.

«Kuzatuv kameralari janubi-şarqiy kraterning şimoliy yonbağridan material qulaşi natijasida yuzaga kelgan piroklastik oqimni qayd etdi», – deyiladi xabarda.

Piroklastik oqim – portlaş natijasida yer yuzasiga otilib çiqqan yuqori haroratli vulqon gazlari, kul va toğ jinslari bölaklarining aralaşmasi.

Bunday oqimlar atrof-muhit uçun öta xavfli bölişi mumkin, ammo hozirça bevosita xavf alomatlari kuzatilmayapti.

Sitsiliya regioni rahbari Renato Skifanining sözlariga köra, mahalliy rasmiylar doimiy aloqada bölgan ekspertlar uni bunga işontirgan.

The Independent’ning yozişiça, vulqon harakatga kelişidan oldin yerosti silkinişlari kuzatilgan. Olimlar magmaning kuçli harakati bilan boğliq seysmik tebranişlar darajasi juda yuqori ekanini ma’lum qildi. Mutaxassislar yaqin atrofdagi aholi punktlari uçun ehtimoliy xavflarni baholaş maqsadida vaziyatni kuzatişda davom etmoqda.

Sitsiliyaning ayrim hududlarini kul qoplagan. Etnadan otilgan kul ustunlari bir neça kilometrga yetmoqda.

INGV’ning sönggi bayonotida aytilişiça, vulqon oqimi hali Arslon vodiysi – sayyohlik yönalişlari kesişgan çöqqiga yaqinlaşiş nuqtasi yonidan ötmagan.

Şunday qilib, hokimiyatda zarurat tuğilganda xavfsizlik çoralarini köriş uçun yetarli vaqt bor.

Fuqaro mudofaasi mintaqaviy bölinmasi rahbari Salvo Koçina sayyohlarga «mazkur tabiat hodisasi rivojlanişi ehtimoli tufayli» hududga taşrif buyurmaslikni tavsiya qildi.