Özbekistonda faoliyat yurituvçi Humans kompaniyasining Singapurdagi ta’sisçisi – Humans Mobile Ltd Özbekiston hukumati ustidan xalqaro arbitrajga şikoyat kiritdi.

Investitsion nizolarni hal etiş xalqaro markazi (ICSID) saytidagi ma’lumotga köra, bu da’vo 30 may kuni markaz tomonidan röyxatga olingan.

Javobgar sifatida Özbekiston Adliya vazirligining Özbekiston manfaatlarini huquqiy himoya qiliş departamenti iştirok etadi.

Da’vogar tomoni Özbekiston va Singapur örtasida 2003 yilda tuzilgan “Investitsiyalarni rağbatlantiriş va himoya qiliş töğrisida”gi hukumatlararo bitimni da’vo asosi sifatida körsatgan.

Xorij OAVda tarqatilgan press-relizga köra, Humans Mobile “adolat va qonun ustuvorligini tiklaş maqsadida”, Özbekistonning “ayrim davlat taşkilotlari tomonidan yetkazilgan zarar uçun” kompensatsiya undirişni közlagan.

2024 yil sentabrida Markaziy bank Humans'ga qaraşli “Maroqand” AJ tölov taşkiloti (UPay brendi) faoliyatini yarim yilga çeklab qöygan edi. Öşanda Markaziy bank Maroqand tomonidan qimor öyinlari uçun tölovlarning amalga oşirilişiga yöl qöyib kelinganini bildirgan. Şu sabab, taşkilotning bank hisobvaraqlari orqali tölovlarni qabul qiliş va amalga oşiriş imkoniyatlari 6 oy muddatga çeklab qöyilgandi.

“Maroqand tölov taşkilotini noqonuniy operatsiyalar bilan şuğullanayotgani borasida 3 marta çaqirib, ogohlantirganmiz. Biz oçiq aytdik, aholining pulini bukmekerlik kontoralariga ötkazib beriş bilan şuğullandi, şuning uçun ham 6 oyga çeklab qöydik”, – degandi Markaziy bankning öşa vaqtdagi raisi Mamarizo Nurmurodov 2024 yil 31 oktyabrdagi matbuot anjumanida.

2025 yil 26 mart kuni Markaziy bank Maroqand'ning ayrim tölov xizmatlarini körsatişiga qöyilgan çeklovlar bekor qilinganini ma’lum qilgan