Özbekiston hukumati Humans kompaniyasi asosçisi va rahbari Vladimir Dobrininni xalqaro qidiruvga berdi. Bu haqdagi ma’lumot Interpol saytida paydo böldi.
Dobrinin qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil qiliş va ötkaziş, şuningdek, pul yuvişda ayblanmoqda.
Interpol ma’lumotlariga köra, Dobrinin Avstriyada tuğilgan. Hozirda 52 yoşni qoralgan Humans asosçisi Rossiya fuqarosi ekani qayd etilgan.

Ma’lumot uçun, Humans Özbekiston bozoriga fintex-servis, mobil aloqa xizmatlari va marketpleysni özida jamlagan superilova sifatida kirib kelgandi.
Ammo keyinroq uning faoliyatida qator muammolar paydo böldi. 2025 yil 14 oktyabrda Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudi Octobank (sobiq «Ravnaq-bank») arizasiga asosan «Humans» MÇJni bankrot deb topdi. Qarz miqdori taxminan 430 mlrd sömga baholangan (bu 2025 yil iyun oyida töxtatilgan Visa kobrending kartalariga xizmat körsatiş bilan boğliq).
Keyinroq Humans kartalaridan ruxsatsiz pul yeçib oliş holatlari kuzatildi. Kompaniya esa buni texnik nosozlik va kiberhujumlar bilan izohlagandi. Markaziy bank esa tekşiruv ötkazib, huquqiy baho beriş uçun materiallarni Toşkent şahar IIBBga yuborgandi.













