JÇ-2026 saralaşi. 3-bosqiç
A guruhi. 9-tur
BAA — Özbekiston 0:0
5 iyun. Abu-Dabi. «An Nahyon» stadioni
BAA — Eysa, Xolid Ibrohim, Lukas Pimenta, Kuame Kuadio, Meloni, Majid Hasan (Yahyo Nodir, 86), Abdalla Ramadan, Luan Pereyra (Kayo Kanedo, 77), Fabio Lima (Harib Suhayl, 77), Ali Solih (Yahyo Al Gassani, 62), Kayo Lukas.
Özbekiston — Ötkir Yusupov, Hojiakbar Alijonov, Husniddin Aliqulov, Abduqodir Husanov, Rustam Aşurmatov, Farrux Sayfiyev (Şerzod Nasrullayev, 65), Odil Hamrobekov (Abdurauf Böriyev, 86), Otabek Şukurov, Oston Örunov (Abbos Fayzullayev, 13), Jaloliddin Maşaripov (Hojimat Erkinov, 86), Eldor Şomurodov.
Ogohlantirişlar: Husniddin Aliqulov (55), Lukas Kayo (74).
Futbol böyiça Özbekiston milliy jamoasi öz tarixida ilk bor jahon çempionatida öynaydigan böldi. Timur Kapadze boşçiligidagi jamoa guruhdagi töğridan töğri raqobatçisi bölgan BAAga qarşi safar öyinida strategik durangga erişib, muddatidan oldin JÇ-2026 yöllanmasini qölga kiritdi.
Kapadze hal qiluvçi öyin uçun maksimal darajada ehtiyotkor sxema (5-4-1) tanladi va köproq himoyaviy futbolçilarni tuşirdi. Ammo 11-daqiqadayoq uning rejalari özgarib ketdi, Oston Örunovning eski jarohati özini eslatdi va futbolçi öyinni davom ettira olmadi. Uning örniga Abbos Fayzullayev maydonga tuşdi.

Birinçi bölimning birinçi yarmida Özbekiston futbolçilari töpni raqibga topşirgan holda xotirjam himoyalanişdi. Bu oraliqda mezbonlarning töpga egalik qiliş böyiça ustunligi 70 foizgaça çiqdi, ammo bu yuzaki ustunlik edi. BAA futbolçilari bu ustunlikni raqib darvozasi atrofidagi xavfli vaziyatlarga aylantira olmadi. Safida birdaniga beş nafar brazil borligiga qaramay, jamoaga tezlik ham, kreativ ham yetişmadi. Özbekiston vakillari mohirlik bilan öyin sur’atini tuşirişdi, darvozabon Yusupov esa kerak bölganda vaqt çözişdan tortinmadi.
Faqat öyinning yarim soati ortda qolganida nisbatan xavfli vaziyat yuzaga keldi – Fayzullayev çap qanotda dribling işlatib, raqibning ikki futbolçisidan qoçib ketdi va töpni jarima maydoni markaziga yetib kelgan Şomurodov tomon oşirdi. Ammo hujumçi töpga zarba berolmadi, bu vaziyatda Eldorni biroz turtişgandi, ammo bu yakkakuraş deb baholanib, penalti ehtimoli körib çiqilmadi. Şundan keyin Özbekiston taşabbusni qölga oldi va raqibni töpsiz qiynay boşladi.













