Prezident Donald Tramp Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan uçraşuvda Amerika gazi va nefti yetkazib beriş hajmini oşiriş va buni AQŞ bilan Yevropa Ittifoqi muhokama qilayotgan savdo kelişuviga kiritişni taklif qildi.

Yevropa Ittifoqi avval ham Trampning savdo taqçilligi haqidagi xavotirlarini yöqotiş uçun AQŞdan energiya xaridlarini köpaytirişga tayyor edi va endi bu Germaniya uçun foydali bölişi mumkin.

Savdo kelişuvi Mersning Oq uyga birinçi taşrifi davomidagi asosiy mavzulardan biri böldi. Tramp bu AQŞ energiya eksportini oşirişiga umid qilmoqda va Mers buni amalga oşirişga yordam berişi mumkin.

«Biz savdo-sotiqni yaxşi tomonga özgartiramiz, deb öylayman. Bu asosan Yevropa Ittifoqi tomonidan belgilanadi, ammo Germaniya uning juda katta qismi hisoblanadi», dedi Tramp.

Prezident AQŞ energiya sohasini qöllab-quvvatlaşga va buning uçun yangi bozorlarni topişga harakat qilayotganini ta’kidladi.

«Bizda juda köp neft va gaz bor», dedi Tramp va ularni savdo kelişuvining bir qismiga aylantirişga umid bildirdi.

2024 yilda Yevropa Ittifoqi Qöşma Ştatlardan 51 mlrd kub metr suyultirilgan tabiiy gaz (STG) sotib oldi. Bu Yevropa importining 45 foizini taşkil qildi. Umumiy hajm 114 mlrd kub metrni taşkil qiladi. AQŞ eng yirik ta’minotçi böldi.

Rossiya 2 barobar kam STG sotdi, biroq uning quvur liniyasidagi gaz yetkazib beriş hajmi 2021 yildan beri 155 milliard kub metrdan 40 milliard kub metrga kamaydi. Xuddi şu davrda Yevropa Ittifoqiga STG eksporti ikki baravar köpaydi.

YeI 2027 yil oxirigaça Rossiya energiya ta’minotidan butunlay voz keçişni maqsad qilib qöygan va Yevropa Komissiyasi tegişli rejani tayyorlamoqda, biroq qator davlatlar bunga qarşilik körsatmoqda. Vengriya va Slovakiya quvur orqali gaz olişdan voz keçişni xohlamaydi, Fransiya va Belgiya esa buni iqtisodiy va qonuniy ravişda asoslanişini istamoqda.