ProArt P16 murosasiz apparat komponentlarini, jumladan, noutbuklar uçun inqilobiy NVIDIA GeForce RTX 50 seriyali grafika va sun’iy intellektning eng keng imkoniyatlarini birlaştirdi. U odatiy çeklovlar doirasidan çiqib, dadil ğoyalarni misli körilmagan tezlik va aniqlik bilan voqelikka aylantirişga yordam beradigan vosita sifatida yaratilgan.

Asosiy xususiyatlar va texnologik innovatsiyalar

ASUS ProArt P16’ni bemalol buyruqlarni şunçaki bajarmaydigan, balki ijodkorlikni davom ettiradigan noutbuk deb ataş mumkin.

Yangilangan model bir qaraşda 4K aniqlik darajasiga ega 16 dyuymli sensorli ASUS Lumina OLED-displeyi bilan öziga rom etadi. U tasvirlarni yuqori darajada tiniq körsatadi: DCI-P3 rang maydonining 100% qamrovi va Pantone sertifikati kinematografik aniqlikni ta’minlaydi. Töq qora rang, ajoyib kontrast 1 000 000:1 va 0,2 ms çaqmoq tezligidagi aks-sado esa beqiyos jonli tasvirni yaratadi.

Ammo ProArt P16’ning haqiqiy kuçi uning qalinligi atigi 14,9 mm va oğirligi 1,85 kg bölgan yupqa metall korpusi içida yaşiringan. Bu uning favqulodda harakatçanligini ta’kidlab, foydalanuvçiga istalgan joyda ijod qilişga yordam beradi.

Noutbuk Zen 5 arxitekturasiga ega AMD Ryzen AI 9 HX370 12 yadroli protsessorida işlaydi. Uşbu protsessor nafaqat tezkor, balki örnatilgan XDNA 2 neyroprotsessori bilan jihozlangan bölib, u sun’iy intellekt hisob-kitoblari uçun 50 TOPS’ni ta’minlaydi. Grafika uçun esa noutbuklarga möljallangan 50 seriyali NVIDIA GeForce RTX kuçli videokartasi javob beradi.

Konfiguratsiya 64 GBgaça hajmdagi ikki kanalli LPDDR5X tezkor xotirasini qöllab-quvvatlaydi va M.2 formatidagi ikkitagaça SSD PCIe 4.0 xotira qurilmasini örnatiş imkonini beradi. Bu qurilmalar 7000 MB/s gaça öqiş va 6500 MB/s gaça yoziş tezligini ta’minlaydi. Va, albatta, bunday quvvat yetarli darajada sovitişni talab qiladi. ProArt P16 suyuq metalldan yasalgan Thermal Grizzly termointerfeysi va uçta ventilyatorli yuqori samarali tizimga ega bölib, maksimal iş yuki ta’sirida ham barqaror işlaşni ta’minlaydi.