Eron hukumati itlarni köçada sayr qildirib yuriş taqiqlangan şaharlar röyxatini kengaytirişni davom etmoqda. Iran International’ning yozişiça, bunday taqiq allaqaçon mamlakatning kamida 25 ta şahrida joriy etilgan.

Qayd etilişiça, itlarni sayr qildiriş va hatto ularni şaxsiy transportda taşiş borasidagi taqiq Tehronda 2019 yilda joriy etilgan. Bunga böysunmaganlar, jarimaga tortiladi, ayrim şaharlarda esa it taşilgan avtomobil musodara qilinadi.

Eronda itlarni sayr qildirişni taqiqlaydigan umumiy milliy qonun yöq. Sud organlari fuqarolarni taqiqni bajarişga majburlaş uçun mahalliy hukumat buyruqlari va politsiya orderlaridan foydalanmoqda. Hukumat öz farmonlarida Jinoyat kodeksi va mamlakat Konstitutsiyasining turli moddalariga, jumladan, jamoatçilik axloqi, aholi salomatligiga tahdid va boşqalarga zarar yetkazişga oid moddalarga havola beryapti.

Şahar rasmiylarining hisoblaşiça, itlarni sayr qildirib yuriş aholi salomatligiga va umuman fuqarolar xavfsizligiga tahdid uyğotadi. Bundan taşqari, munitsipalitet hukumati vakillarining ta’kidlaşiça, uy hayvoni sifatida itlarni boqiş — «ğarbga xos hayot tarziga intilişni ifodalaydi» va şia an’analarini buziş hisoblanadi.