Turizm va madaniy meros vazirligining Toşkentda bölib ötgan Ilmiy-ekspert kengaşining navbatdagi yiğilişida Samarqanddagi Tillakori madrasasini restavratsiya qiliş töğrisidagi qaror (.pdf) ma’qullandi.
19-21 may kunlari Toşkent şahrida ötkazilgan yiğilişda 120 ga yaqin loyiha körib çiqilgan. Ilmiy-ekspert kengaşining qaroriga köra, Samarqand şahar, Registon maydonida joylaşgan Tillakori madrasasini restavratsiya va tiklaşga yodgorlikning bezaklariga ziyon yetkazmaslik şarti bilan ruxsat berilgan. Şuningdek, Samarqand viloyatida joylaşgan «Söfi Olloyor» masjidida ta’mirlaş-tiklaş, Şahrisabz tarixiy markazida joylaşgan «Qal’a devori», Surxondaryo viloyatidagi «Tuz ğori» madaniy meros obektini mukammal ta’mirlaş, Qaşqadaryo viloyatidagi «Soqi Mavlon ota» maqbarasini tarixiy va tabiiy landşaft körinişini saqlagan holda kompleks ziyoratgohga aylantiriş, «Imom Moturidiy» yodgorlik majmuasida rekonstruksiya-restavratsiya qiliş, qöşimça binolar quriş hamda hududni obodonlaştiriş haqidagi va boşqa takliflar ma’qullangan.
Yiğilişda Namangan viloyatidagi «Ğurumsaroy» («Xolmatboy») masjidi hududida yangi masjid barpo etiş, Andijon viloyatidagi «Hotamxon töra» masjidi arxitektura yodgorligida mavjud xonaqo qismida qöşimça bino quriş kabi loyihalar özining haybati bilan madaniy meros obektlarining taşqi körinişini berkitib qöyayotgani sababli rad etilgan.
«Umumiy hisobda Buxoro, Toşkent va Samarqand şaharlari, Buxoro, Namangan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari böyiça 11 ta loyiha tarixiy yodgorliklarning taşqi körinişiga salbiy ta’sir körsatişi mumkinligi, Kengaş tomonidan berilgan tavsiyalar töliq bajarilmagani bois tasdiqdan ötmadi», deyiladi xabarda.












