Köksaroy qarorgohida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Bolgariya prezidenti Rumen Radevning rasmiy delegatsiyalar iştirokidagi muzokaralari bölib ötdi.

Özbekiston bilan Bolgariya örtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Davlatimiz rahbari Bolgariya yetakçisini samimiy qutlab, sönggi 17 yildagi birinçi sammit tarixiy ahamiyatga ega ekanini, Özbekiston-Bolgariya döstlik va şeriklik munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga olib çiqişini ta’kidladi.

Parlamentlar, iqtisodiyot va taşqi siyosat idoralari örtasidagi hamkorlik faollaşgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tovar ayirboşlaş körsatkiçlari ösmoqda, kooperatsiyaning yangi yönalişlari va loyihalari işlab çiqilmoqda.

Gumanitar almaşinuvlar amalga oşirilmoqda, Buxoro va Varna, Samarqand va Plovdiv örtasida birodarlik aloqalari örnatilgan.

Köp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlaş maqsadida taşqi siyosat idoralari örtasida tizimli aloqalarni yölga qöyiş muhimligi qayd etildi.

Savdoni, eng avvalo, töqimaçilik, oziq-ovqat, kimyo va farmatsevtika mahsulotlari, metall buyumlar va texnologik uskunalar yetkazib berişni kengaytiriş orqali köpaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Özaro savdoning ösişini rağbatlantiriş maqsadida poytaxtlarda savdo uylari oçiş, laboratoriyalarni akkreditatsiyadan ötkaziş va imtiyozli kredit liniyalari ajratiş töğrisida qaror qabul qilindi.

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, geologiya, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va IT, turizm sohalarida qöşma loyihalarni ilgari suriş ustuvor yönaliş sifatida qayd etildi.

Samarali yerusti va havo transport yölaklarini rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şu ma’noda, tomonlar ikki davlat örtasida töğridan-töğri aviaqatnovlarni yölga qöyiş imkoniyatini körib çiqişga kelişib oldilar.

Mehnat resurslari sohasida tizimli hamkorlikni yölga qöyiş uçun Sofiya şahrida Özbekiston Respublikasi Migratsiya agentligining vakolatxonasini oçiş masalasi körib çiqiladi.

Gumanitar aloqalarni, şu jumladan akademik va ilmiy almaşinuvlarni faollaştiriş, joriy yilda Andijon şahrida yetakçi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uçraşuvini ötkaziş taşabbuslari qöllab-quvvatlandi.