Isroil jumaga ötar keçasi Erondagi nişonlarga zarba bera boşladi. Mamlakat rasmiylari Eron yadro dasturiga hujum qilganini ma’lum qildi va Tehronning javob zarbalariga tayyorlanib, favqulodda holat e’lon qildi.
Binyamin Netanyahuning sözlariga köra, Tehron töqqizta atom bombasini işlab çiqariş uçun yetarli darajada yuqori boyitilgan uranga ega bölgan, sönggi oylarda esa bu uranni yadro quroliga aylantiriş uçun «qadamlar qöygan».
«Biz Eron yadroviy dasturining yuragiga zarba berdik. Biz Natanzdagi uranni boyitiş böyiça asosiy obektni nişonga oldik. [...] Şuningdek, biz Eronning ballistik raketalar yaratiş dasturining yuragiga zarba berdik», – degan Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu videomurojaatida va harbiylar Eronning yadroviy olimlarini ham aniq nişonga olganini qöşimça qilgan.
Netanyahuning sözlariga köra, operatsiya Eron tomonidan tahdidni bartaraf etiş uçun qança kun kerak bölsa, şunça davom etadi.
«Agar Eron töxtatilmasa, u juda tez orada yadro quroliga ega bölişi mumkin. Bu bir yil bölişi mumkin, bir neça oy bölişi mumkin. Bu Isroilning mavjudligiga töğridan töğri va aniq tahdiddir», – deydi Netanyahu.
Operatsiya boşlanganini e’lon qilarkan, Isroil mudofaa vaziri Israel Kats mamlakatda «alohida favqulodda holat» joriy etilgani va Eron tez orada javob hujumi boşlaşi kutilayotganini aytdi.
«Isroil davlatining Eronga preventiv zarbasidan söng yaqin vaqtlar içida Isroil va uning tinç aholisiga raketa va dronlar bilan hujum qilinişi kutilmoqda», – deyiladi bayonotda.
Eron davlat ommaviy axborot vositalari Isroil Tehron va boşqa şaharlardagi turar joylarga zarbalar bergani haqida yozgan.
Zarbalar oqibatida Tehronda vayron bölgan turar joy binolari tasvirlari e’lon qilingan.
Avvaliga Islom inqilobi muhofizlari korpusining Eron poytaxtidagi ştab-kvartirasiga zarba berilgani xabar qilingandi.
Keyinroq zarba oqibatida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi qömondoni Husayn Salomiy halok bölgani ma’lum böldi. Korpus Isroildan uning ölimi uçun qasos olişga va’da berdi.
Undan taşqari yana ikki yuqori martabali harbiy qömondon – Eron qurolli kuçlari birlaşgan ştab boş qömondoni general Muhammad Bağiriy va Eron qurolli kuçlari qömondoni örinbosari – «Xatam-al-Anbiya» markaziy ştabi qömondoni, general Ğulom Ali Raşid ham halok bölgan.
















