Moody’s xalqaro reyting agentligi Özbekistonning suveren reytingini Ba3 darajasida tasdiqlab, prognozni “barqaror”dan “ijobiy”ga özgartirdi.

Ötgan oyda S&P xalqaro reyting agentligi ham Özbekistonning suveren kredit reytingi böyiça kutilmani ilk bor “barqaror”dan “ijobiy”ga özgartirgandi.

Moody’s 13 iyun kuni tarqatgan bayonotga köra, agar Özbekiston hukumatining joriy islohotlari samarali amalga oşirilsa, vaqt ötişi bilan mamlakatdagi institutlarning sifati oşişi mumkin.

“Hukumatning xususiylaştiriş dasturi ham, agar muvaffaqiyatli amalga oşirilsa, ösiş tendensiyasini oşirişi mumkin. Bu islohotlar, fiskal ehtiyotkorlik bilan birgalikda, örta istiqbolda iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaşi va mamlakatning ösiş salohiyatini töliq röyobga çiqarişga imkon berişi mumkin.

Ba3 reytingining berilişi – Özbekistonning nisbatan diversifikatsiyalangan iqtisodiyotini, qulay demografik körsatkiçlarga ega mustahkam ösiş istiqbollarini va qarz yukining örtaça darajada ekanini (asosan imtiyozli şartlarda olingan) aks ettiradi. Biroq bu kuçli jihatlar kişi boşiga töğri keladigan daromadning pastligi va raqobatbardoşlikning yetarli emasligi, institutsional zaiflik (yaxşilanib borayotgan bölsa-da), şuningdek, mötadil siyosiy xatarlar bilan muvozanatlaşgan”, – deyiladi agentlik axborotida.

Ijobiy kutilma uçun asoslar

Moody’s Özbekiston suveren reytingida kutilmani “ijobiy”ga özgartiriş uçun asos bölgan omillar qatorida quyidagilarni sanab ötgan:

  • Boşqaruvni yaxşilaş çoralari körilmoqda. 2024 yil holatiga, kuzatuv kengaşlaridagi mustaqil a’zolar uluşi davlat korxonalarida 25 foiz, davlat banklarida 40 foizni taşkil etgan.
  • Korrupsiyani tiyiş uçun “Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi qonun kuçga kirgan. Davlat xizmatçilarining aktivlarini deklaratsiyalaş va korrupsiya haqida xabar bergan şaxslarni himoya qiliş töğrisidagi qonunlar jamoatçilik muhokamasiga qöyilişi kutilmoqda. Ma’lumotlarni oçiqlaş va şaffoflik yönalişida ham ijobiy qadamlar taşlangan.
  • 2024 va 2025 yillarda narxlarning sezilarli oşişiga olib kelgan energetika islohoti hukumatning bundan-da murakkab islohotlarni amalga oşira oliş salohiyati va qat’iy niyatini körsatadi. Bu islohotlar 2027-2028 yillarga borib elektr energiyasi va gaz ta’minoti özini özi qoplaş darajasiga yetişiga qaratilgan.