Bugun dunyoda eng köp gapirilayotgan sözlardan biri – “kritik minerallar”. Ular texnologik taraqqiyotning yuragiga aylanib, energiya saqlaşdan sun’iy intellekt, elektrotransport va mudofaa tizimlarigaça bölgan sohalarni harakatga keltirmoqda. Endilikda bu resurslarni çuqur anglaydigan, zamonaviy texnologiyalar bilan işlay oladigan va xalqaro tajribaga ega kadrlar tayyorlaş dolzarb vazifaga aylandi. Şu bois bu resurslarni çuqur tuşunadigan, zamonaviy texnologiyalar bilan işlay oladigan va xalqaro malakaga ega muhandislarni tayyorlaş – bugungi kunning ustuvor vazifasidir.

Kritik xomaşyo va nodir yer elementlari bugungi global iqtisodiyotda tobora muhim strategik resursga aylanmoqda. Dunyoda texnologik mustaqillik, yaşil energetika va innovatsion sanoat tarmoqlarini barpo etiş böyiça keçayotgan raqobatda uşbu resurslarga ega böliş va ularni çuqur qayta işlaş imkoniyatiga ega bölgan davlatlargina barqaror rivojlaniş sur’atlarini saqlab qolmoqda. Şu jihatdan qaralganda, Özbekiston uçun ham geologik boyliklarni birgina xomaşyo sifatida emas, balki yuqori qöşilgan qiymatga ega strategik kapital sifatida qayta körib çiqiş vaqti keldi.

Texnologik metallar oliy maktabi. TMK nimani maqsad qilmoqda?

Özbekiston geologik boyliklar nuqtai nazaridan Markaziy Osiyodagi eng istiqbolli davlatlardan biridir. Ammo uşbu resurslardan samarali va uzoq muddatli foydalaniş uçun oddiy geolog emas, balki strategik fikrlaydigan, zamonaviy texnologiyalarni biladigan va xalqaro könikmaga ega muhandislar, ilmiy tadqiqotçilar, sanoat rahbarlari zarur. Hozirda Özbekistonda bu yönalişlarda kadrlar yetişmovçiligi yaqqol sezilmoqda. Mavjud texnik universitetlarda kritik minerallar va nodir metallar sohasiga ixtisoslaşgan, xalqaro standartlarga mos mutaxassis tayyorlaş amaliyoti deyarli yöq.

Texnologik metallar oliy maktabi — mamlakatda ilk bor kritik minerallar böyiça xalqaro darajadagi kadrlar tayyorlaşga qaratilgan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Bu yerda ta’lim an’anaviy nazariyaga emas, balki amaliyotga, sanoat bilan integratsiyaga asoslanadi.

TMKning ilm-fan va texnik rivojlaniş boşqarmasi boşliği Timur Hikmatullayev:

TMK öz oldiga yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqariş, çuqur qayta işlaş texnologiyalarini joriy etiş, eksport salohiyatini oşirişdek strategik maqsadlar qöygan. Bunday yondaşuv albatta, yuqori malakali, zamonaviy bilim va könikmalarga ega kadrlarga ehtiyojni keskin oşirmoqda. TMK bu ehtiyojni uzoq muddatli, barqaror tarzda qondiriş uçun özining kadrlar tayyorlaş tizimini yaratmoqda.