Xorazm viloyatiga xos tuxumbarak taomi geografik körsatkiç sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat röyxatidan ötkazildi.
«Mazkur taom öziga xos tayyorlaniş usuli, tarkibi va qadimiy an’analarga asoslanganligi bilan ajralib turadi. Tuxumbarak asosan Xorazm viloyati aholisi orasida keng tarqalgan bölib, uşbu hududning boy madaniy-gastronomik merosini aks ettiradi», deyiladi xabarda.
Ta’kidlanişiça, geografik körsatkiç sifatida röyxatdan ötkazilişi bu taomni huquqiy jihatdan himoya qiliş, sifat va nufuzini saqlab qoliş hamda Xorazmning hududiy brendi sifatida tarğib qiliş imkonini beradi.
Adliya vazirligining eslatişiça, geografik körsatkiç — bu mahsulotning ma’lum bir hududga xosligi va aynan şu hudud omillari bilan boğliq alohida sifatlarga ega ekanini bildiruvçi intellektual mulk obekti hisoblanadi.












