Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyatining Parkent tumanida 3 nafar bola suvga çökib halok bölgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Kun.uz holatga oydinlik kiritdi.
Kun.uz manbasiga köra, hodisa bugun, 14 iyun kuni soat 14:00 lar atrofida Parkent tumanida sodir bölgan. Bir guruh bolalar tumanning Surxi mahallasi hududidan ötgan Parkensoyning qurigan özanida hosil bölgan kölmakka çömilişga borgan. Şunda bolalardan 3 nafari suvga çökib, halok bölgan.
Bolalarning jasadi kölmakdan olib çiqilgan. Suvning çuqurligi 2 metrgaça yetgan. Bu yerda çömiliş mumkin bölmagan.
Avvalroq Samarqand viloyatining Paxtaçi tumanida ham ikki nafar bola fermer dalasidagi hovuzga çökib halok bölgandi.









