Sud hukmi bugun, 22 noyabr kuni jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudida bölib ötgan oçiq sud majlisida e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Hukmga muvofiq, Dösov jabrlanuvçi Boqiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismi “a” bandida körsatilgan jinoyat – “şaxsni öz xizmat yoki fuqarolik burçini bajarişi bilan boğliq holda haqorat qiliş”da aybli deb topildi.
Sudning fikriça, sudlanuvçining aybi jabrlanuvçining körsatmasidan taşqari, töplangan dalillar, xususan Facebook'dagi “Kabul Dusov” nomli profil va Telegram'dagi “Kobul Dusov | RASMIY KANAL” nomli kanalni közdan keçiriş bayonnomasi bilan töliq öz isbotini topgan.
Dösovga 1 yil davomida soat 21:00–07:00 oraliğida yaşaş joyidan çiqiş çeklanib, bunga qöşimça ravişda internetdan foydalanmaslik, ommaviy va boşqa tadbirlar ötkazişda iştirok etmaslik, har oyda bir marta yaşaş joyi böyiça probatsiya bölimidan röyxatdan ötib turiş va mahkumlarni nazorat qiluvçi organning roziligisiz yaşaş joyini özgartirmaslik kabi taqiqlar yuklandi.
Sudya S.Mamadiyevning eslatişiça, jinoyat işi böyiça manfaatdor taraflar yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undiriş yuzasidan fuqarolik sudiga murojaat qiliş huquqiga ega. Hukm ustidan belgilangan muddatda şikoyat kiritilişi mumkin.












