Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda sifati kafolatlanmagan dorini 16 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
Noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs fuqaroga xorijda ishlab chiqarilgan, sifatini kafolatlovchi hujjatlari bo‘lmagan jami 1000 dona dorini 215 mln so‘mga sotishga kelishib, ushbu pullarni dollarda hisoblab 16 600 dollarga sotgan vaqtida ushlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bektemir tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro F.O. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan, sifatini kafolatlovchi hujjatlari bo‘lmagan jami 1000 dona ARAGAN nomli dori vositasini 215 mln so‘mga sotishga kelishib, ushbu pullarni AQSh dollarida hisoblab 16 600 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:15 / 04.06.2026
2030-yillarda yangi tish o‘stiruvchi dori bozorga chiqishi mumkin
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
18:59 / 09.05.2026
Toshkentda o‘yinchoq mashinada avtomobil yo‘lida harakatlangan bolaning otasi javobgarlikka tortildi
21:30 / 24.04.2026