Toşkentdagi Qöyliq bozori hududida 5 ta şarq böğma iloni noqonuniy sotilayotgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya boşqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, ilonlar musodara qilingan va Toşkent hayvonot boğiga topşirilgan. Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 92-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, 3 million 750 ming söm miqdorida jarima belgilangan.
Toşkent şahri Ekologiya boşqarmasi, Yaşnobod tuman bölimi, Milliy gvardiya, Içki işlar vazirligi tomonidan ötkazilgan reyd davomida noqonuniy sotilayotgan boşqa hayvon va quşlar ham aniqlanib, tabiatga qöyib yuborilgan. Huquqbuzarlarga nisbatan tegişli tartibda çora körilgan.












