“2025 yilda aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq:

  • 2025 yil 1 fevraldan kasblarga öqitiş maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi bölgan şaxslarga, şuningdek, muddati 3 oydan köp davom etadigan öquv kurslariga qabul qilingan Kambağal oilalar reyestridagi oilalarning işsiz a’zolariga tölanadi;
  • 2025 yil 1 maygaça işsiz aholini, şu jumladan, ustuvor ravişda kambağal oilalar a’zolarini kasb-hunarga öqitiş xarajatlarini qoplab beriş böyiça vauçer tizimi joriy qilinadi.

Mazkur tizim 2025 yil 1 fevraldan Samarqand viloyati va Toşkent şahrida sinovdan ötkaziladi.

Mahallalarda kambağal oila a’zolarining işlaş iştiyoqini va taşabbuskorligini oşirişga qaratilgan “Farovon hayotga ilk qadam”, “Işonç” loyihalari va “Ma’rifat orqali kambağallikni qisqartiriş” dasturi amalga oşiriladi.