Issiqxona şaroitida yetiştirişga mos, yuqori hosildorlikka ega va kasalliklarga çidamli qovun navlari hamda F1 duragaylarini yaratiş böyiça ilmiy-tadqiqot işlari olib borilmoqda. Bu tadqiqotlar sabzavot, poliz ekinlari va kartoşkaçilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan professional darajada taşkil etilgan bölib, seleksion işlarga zamonaviy yondaşuv, çuqur tahlil va innovatsion usullar keng jalb qilingan.
Olib borilayotgan izlanişlar doirasida 30 dan ortiq mahalliy va xorijiy genetik kolleksiyalar, şuningdek, 10 ga yaqin seleksion liniya va duragaylar örganilmoqda. Ulardan iqlimga mosligi, hosildorligi va bozorboplik darajasi böyiça eng istiqbollilar tanlab olinib, şu asosda yangi turdagi qovun navlari yaratilmoqda.
Issiqxonada qovun yetiştiriş nafaqat yer maydonidan samarali foydalaniş, balki hosildorlikni ikki baravar oşiriş imkonini ham beradi. Bir gektar maydonga 10–12 mingdan ziyod köçat joylaştiriş imkoni mavjud bölib, bu har gektardan 60 tonnagaça sifatli hosil yetiştirişga şaroit yaratadi.
Agar agrotexnik tadbirlar — suğoriş, öğitlaş va kasalliklarga qarşi profilaktik çoralar öz vaqtida va samarali amalga oşirilsa, mahsulot sifati va miqdori yanada oşadi. Bu tadqiqotlarning asosiy maqsadi aholini mavsumdan taşqari vaqtlarda ham xuşta’m va foydali poliz mahsulotlari bilan ta’minlaş.
Issiqxonada yetiştirilgan erta hosil mahsulotlari mahalliy bozorda raqobatbardoş bölib, eksport uçun ham katta salohiyatga ega. Bu esa qovunçilik sohasini yuqori daromadli, innovatsion va barqaror yönalişga aylantirmoqda.
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoşkaçilik ilmiy-tadqiqot institutida amalga oşirilayotgan uşbu ilmiy işlar nafaqat yangi, sifatli navlarni yaratişga xizmat qilmoqda, balki mamlakatimiz agrar salohiyatining rivojlanişiga hissa qöşmoqda.












