Amazon boş direktori Endi Jyessi yaqin bir neça yil içida kompaniya iş jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyasi joriy etilişi sabab xodimlar soni qisqartirilişini ma’lum qildi.
«Biz generativ sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etar ekanmiz, bu iş jarayonlarini özgartiradi. Ba’zi operatsiyalar uçun ma’lum vazifalarni bajarişda bizga kamroq odam kerak böladi. Şu bilan birga, boşqa turdagi işlar uçun esa köproq xodim talab etiladi. Hozirça bu kabi tizimlar aniq qayerlarda joriy etilişini aytiş qiyin, ammo yaqin bir neça yil içida bu bizning umumiy xodimlar sonimizning qisqarişiga olib keladi»», — deyiladi Amazon rahbarining xodimlarga yöllagan içki xatida.
2022 yildan 2023 yilga qadar Amazon 27 mingdan ortiq iş örinlarini qisqartirişini e’lon qilgandi. Şu bilan birga, kompaniyaning sun’iy intellektni rivojlantirişga kiritgan investitsiyasi qariyb 105 milliard dollarni taşkil etadi. Ayni vaqtda butun dunyo böylab Amazonʼda faoliyat yuritadigan xodimlarning umumiy soni 1,6 million kişiga yetadi.
Avvalroq Microsoft korporatsiyasi yaqin haftalarda bir neça ming xodimini işdan böşatişni rejalaştirayotganini e’lon qilgandi. Qisqartirişlar sotuv jamoalari va boşqa bölinmalarga taalluqli bölib, bu kompaniya e’tiborini qimmat turadigan sun’iy intellektni rivojlantirişga qaratayotgani bilan boğliq.












