Aziz Mağrupov Özbekiston prezidentining taşqi investitsiyalar masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan prezidentning yordamçisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov ma’lum qildi.

Aziz Mağrupov faoliyati davomida taşqi işlar vazirining savdo-iqtisodiy masalalar böyiça maslahatçisi, Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasida savdo-iqtisodiy masalalar böyiça masalatçi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.

Şuningdek, Bekzod Mavlonov prezidentning yordamçisi lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Özbekiston prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qiliş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimidan ozod etildi.

Bekzod Mavlonov öz faoliyati davomida huquq-tartibot organlarida xizmat qilgan. U Özbekiston boş prokurori örinbosari sifatida ham işlagan.