AQŞ Prezidenti Donald Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida Eron va Isroil «töliq va mutlaq» öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişgani, bu bir neça soat içida kuçga kirişini yozdi.
Duşanba kuni Tramp bu bayonotni Eron tomonidan Qatardagi AQŞ harbiylari joylaşgan Al-Udayd aviabazasiga raketa hujumi uyuştirilganidan söng e’lon qildi.
«BARÇAGA TABRIK! Isroil va Eron örtasida töliq va mutlaq ÖT OÇIŞNI TÖXTATIŞ böyiça kelişuvga erişildi. Bu kelişuv taxminan 6 soatdan söng kuçga kiradi – ayni paytda har ikki tomon yakuniy harbiy operatsiyalarini tugatmoqda. Kelişuvga köra:
– Eron birinçi bölib öt oçişni töxtatadi,
– 12 soatdan söng Isroil ham öt oçişni töxtatadi,
– 24-soatda esa «12 KUNLIK URUŞ»ning rasman yakunlangani butun dunyo tomonidan e’tirof etiladi.

Har bir tomon öz navbatidagi öt oçişni töxtatiş davrida tinç va hurmatli bölişi kerak. Hammasi reja böyiça ketadi, bunga şubha yöq. Men Isroil va Eronga bu uruşni yakunlaş uçun namoyon qilgan sabr-toqat, jasorat va aql-idrok uçun tabrik aytaman. Bu uruş yillar davom etişi va butun Yaqin Şarqni vayron qilişi mumkin edi – lekin bu sodir bölmadi va heç qaçon bölmaydi!», deb yozgan AQŞ prezidenti Donald Tramp.
Oq uy mansabdorining bildirişiça, Prezident Tramp Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu va Eron rasmiylari bilan suhbatdan söng öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvni e’lon qilgan. Muzokaralarga Qatar vositaçilik qilgan.
The New York Times naşriga köra, ismi oşkor etilmagan Oq uy rasmiysi Qatar amiri Şayx Tamim bu muzokaralarda muhim rol öynaganini aytgan. Kelişuv AQŞ şarqiy soatiga köra 18:00da e’lon qilingan. Biroq bu xabar Tramp ma’muriyatining ayrim yuqori lavozimli amaldorlarini ham hayratga solgan.













