Oq uy AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi (MXK)ga xodimlarni yollaş böyiça sa’y-harakatlarni tikladi va şu bilan avvalroq mamlakat prezidenti Donald Tramp belgilagan idorani qisqartiriş böyiça yönalişni tubdan özgartirdi. Bu haqda 24 iyun, seşanba kuni xabardor manbalarga tayanib, Bloomberg agentligi xabar berdi.

Agentlik suhbatdoşlariga köra, MXK xodimlarini qayta tiklaş AQŞ davlat kotibi Marko Rubio körsatmasi bilan amalga oşirilmoqda. May oyidan beri u AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi vazifasini ham bajarib kelmoqda. Rubio bu lavozimni MXKning sobiq rahbari Mayk Uols iste’foga çiqqanidan keyin egalladi.

Bloomberg manbalarining ta’kidlaşiça, Tramp ma’muriyati AQŞ prezidenti may oyi oxirida «bir kunda» qisqartirgan MXK xodimlarining kamida bir qismini qaytarişni taklif qilmoqda. Agentlik taxminiga köra, bunday harakatlar Tramp ma’muriyatida sönggi oylardagi taşqi siyosat masalalarini, jumladan, keskin AQŞ-Xitoy munosabatlarini, Isroilning Ğazo sektorida davom etayotgan harbiy amaliyotini, AQŞning Eronga hujumlari oqibatlarini va Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini hal qiliş uçun zarur bölgan kadrlar yetişmasligidan dalolat beradi.

Şu bilan birga, Bloomberg suhbatdoşlaridan biri MXKda sodir bölayotgan voqealarni hozirgi siyosiy vaziyatga töğridan töğri javob sifatida emas, balki agentlik tarkibini qayta quriş deb ta’riflaydi.

Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengaşi odatda AQŞ ma’muriyatining taşqi siyosatini şakllantiriş va muvofiqlaştirişda muhim rol öynaydi va Markaziy razvedka boşqarmasi faoliyati töğrisidagi ma’lumotlardan xabardor. Agentlik xodimlari, odatda, turli vazirliklarning tajribali mutasaddilaridir. Kengaş tarkibiga siyosiy tomondan tayinlanganlar ham kiradi.

Donald Tramp AQŞ prezidenti etib qayta saylanganidan söng, respublikaçi va sobiq harbiy ofitser, bu iş uçun tegişli tajribaga ega Mayk Uolsni Milliy xavfsizlik kengaşi rahbari etib tayinladi. Garçi Tramp MXKga qattiq işonmaydi va uning xodimlari yetarliça sodiq emas deb gumon qilsa-da, u va Uols örtasida oçiq töqnaşuvlar bölmagan.

Uols mart oyi oxirida Signal messenjeridagi guruh suhbatida AQŞ harbiy rejalari muhokamasi tufayli mojaroga aralaşib qolganidan keyin vaziyat biroz özgardi. Uols tasodifan suhbatga The Atlantic jurnalining boş muharriri Jyefri Goldbergni qöşib qöydi. Jurnalist bir neça kun çatda bölgan va Tramp ma’muriyati vakillari, jumladan, mudofaa vaziri Pit Hegset, davlat kotibi Marko Rubio, vitse-prezident Jyey Di Vens, AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi a’zolari va Uolsning özi Yaman husiyçilariga qarşi bölajak operatsiyani muhokama qilganini körgan.