Eronda «Basij» xizmati — Islom inqilobi muhofizlari korpusi bölinmasi rahbari öldirildi. Ma’lumotlarga köra, general Muhammad Taki Yusefvand Isroil tomonidan 23 iyun kuni Tehronga uyuştirilgan hujum oqibatida halok bölgan.
24 iyun kuni ertalab Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu kanselyariyasi bir kun oldin mamlakat armiyasi «Basij» tuzilmasining «yuzlab jangçilarini yöq qilgani» töğrisida xabar bergandi. Bayonotda ular «terrorçilik rejimning repressiv quroli» deb atalgan.
«Basij» Islom inqilobi muhofizlarining asosiy beşta bölinmasidan biri hisoblanadi. Xizmat Eronning aksariyat şaharlarida öz bölinmasiga ega va aholini safarbar qiliş hamda harbiy tayyorgarlik, mafkuraviy tarbiya, şuningdek, içki xavfsizlikka mas’ul hisoblanadi.
Eronning Isroilga qarşi harbiy amaliyotlari bugun, 24 iyun kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 04:00 da yakunlandi. «Qudratli qurolli kuçlarimizning Isroilni tajovuzkorligi uçun jazolaşga qaratilgan harbiy amaliyotlari sönggi daqiqagaça, ertalabki soat 4 gaça davom etdi», — deyiladi mamlakat taşqi işlar vaziri Abbos Araqçining postida. Şu bilan birga, diplomat öz mamlakatini «sönggi tomçi qonigaça himoya qilişga» va duşmanning har qanday hujumiga sönggi daqiqagaça javob berişga tayyor bölgan Eron harbiylariga minnatdorçilik bildirdi.









