«Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlarining sifatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qöyildi.

Unga köra, nodavlat ta’lim taşkilotlari qabul jarayonini bir yilda ikki marotaba – 15 oktyabrgaça hamda 15 fevralgaça amalga oşiriş taklif etilmoqda.

Bundan taşqari, qarorda qabul parametrlarini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelişiş ham nazarda tutilgan.

Şuningdek, loyihada quyidagilar kiritilgan:

  • abituriyentlarni öqişga qabul qiliş, öqişini köçiriş va bitiruvçilarni yakuniy davlat attestatsiyasidan ötkazişni davlat ta’lim taşkilotlariga belgilangan talablar asosida amalga oşiriş;
  • nodavlat ta’lim taşkilotlarida öquv, ilmiy va ma’muriy jarayonlarni boşqaruvçi hamda ta’lim sifatini nazorat qiluvçi axborot tizimining mavjud bölişi.

Bunda nodavlat ta’lim taşkiloti öz axborot tizimini vazirlikning ta’lim jarayonlarini boşqariş axborot tizimlariga integratsiya qilişi şartligi belgilanadi.

Amaldagi litsenziya asosida ta’lim xizmatlarini körsatib kelayotgan nodavlat ta’lim taşkilotlari uşbu qöşimça litsenziya talabi kuçga kirgan vaqtdan boşlab 5 yil içida mulk huquqi asosida zarur bino va inşootlarga ega bölişi talab etiladi.

Mazkur talab prezident qarorlari asosida faoliyati taşkil etilgan ta’lim taşkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Şuningdek, oliy ta’lim jarayonlarini boşqariş axborot tizimiga (HEMIS) kiritilmagan va registratsiyadan ötkazilmagan ta’lim oluvçilarga öqiş yakuni böyiça davlat namunasidagi tegişli hujjat berilişiga yöl qöyilmaydi.