Svetlana va Sergey Tixanovskiylar Varşavada (26 iyun) va Vilnyusda (28 iyun) aksiyalar haqida e’lon qildi, ular davomida er-xotin Polşa va Litvada yaşovçi belaruslar bilan uçraşadi. «Öylaymanki, siz bizni tez orada Germaniyada, köplab şaharlarda va Yevropaning köplab poytaxtlarida körasiz», dedi Sergey Tixanovskiy 25 iyun, çorşanba kuni Vilnyusda Deutsche Welle naşriga bergan eksklyuziv intervyusida.
Siyosatçining fikriça, uning ozod etilişi Belarusdagi demokratik harakatga turtki berişi mumkin. «Xuddi şunday böladi», dedi u DW muxbiri Aleksandra Boguslavskayaning savoliga javob berib.
Sergey Tixanovskiy ozod odam sifatida özining birinçi yirik intervyusida qamoqqa olingani, rafiqasi, Belarus demokratik kuçlari yetakçisi Svetlana Tixanovskaya sönggi beş yil içida özgargani yoki özgarmagani haqida gapirdi va «Bugun Sergey Tixanovskiy kim?» degan savolga javob berdi.
Töliq intervyuni DW Belarus YouTube kanalida tomoşa qiliş, 26 iyun kuni esa DW saytida matnli versiyasini öqiş mumkin.
Belaruslik siyosatçi, bloger va tadbirkor Sergey Tixanovskiy 2020 yilning may oyida mamlakat prezidentligiga öz nomzodini qöyiş istagini bildirganidan söng Belarusda qölga olingan edi. Tixanovskiy 20 yilga qamaldi, köp vaqtini bir kişilik kamerada ötkazdi, sönggi uç yil davomida hatto farzandlaridan xat ham olmadi.
2025 yil 21 iyun kuni Sergey Tixanovskiy Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko va AQŞ prezidentining maxsus elçisi Kit Kellog örtasida Minskdagi uçraşuvidan söng tösatdan qöyib yuborildi. Belarus maxsus xizmatlari uni Litva bilan çegaraga olib borgan va u yerda amerikalik diplomatlarga topşirgan. Beş yildan söng siyosatçi Belarus demokratik kuçlarini boşqaruvçi rafiqasi Svetlana Tixanovskaya va farzandlarini kördi.
21 iyun kuni Tixanovskiy bilan bir qatorda yana 13 mahbus ozod etildi. Hozirda Belarus Respublikasida siyosiy motivlar bilan sudlangan mingdan ortiq odam panjara ortida ötiribdi.












