Fanlar akademiyasi Tarix instituti olimlari tomonidan «Toşkent bosqinining 160 yilligi: haqiqat va uydirmalar» mavzusida ilmiy yiğin ötkazildi. Tadbir bundan 160 yil avval – 1865 yil iyun oyida Toşkentda Rossiya imperiyasi harbiy kuçlariga qarşi kuraşga bağişlandi, deya xabar bermoqda ÖzA.
Ma’lumki, Turkistonning eng keksa va muhim harbiy-siyosiy, iqtisodiy markazlaridan sanalmiş Toşkentni qölga kiritişni 1864 yil 1 oktyabrda boşlagan yovuz duşman 1865 yil 29 iyunida öz qabih niyatiga erişgan – töqqiz oy deganda Toşkentni egallagan.
Mustamlaka davrida uşbu qonli oylar bir tomonlama – bosqinçilar manfaati nuqtai nazaridan örganilgan va yoritilgan. Bu borada turli nayranglar qöllanib, toşkentliklarning yursevarligi va botirligi, butun xalq – yoş-u qari, erkak-u xotin-qizlarning duşmanga qarşi ayovsiz qarşiligi yerga urilib, turli yasama nazariya va vajlar örtaga taşlanib, mustamlakaçi davlatning bosqinçilik siyosatini oqlaşga tirişib kelingani tarixiy manbalardan yaxşi ma’lum.
Fanlar akademiyasi Tarix institutida ötkazilgan ilmiy yiğindan boş maqsad - bu borada yiğilib qolgan fikr-mulohazalar, sönggi yillarda qölga kiritilgan ilmiy natijalar, mavzu manbaşunosligi, yangiça ilmiy yondaşuvlar böyiça qaraşlar, muammolarni örtaga taşlaşdan iborat böldi.
Ilmiy yiğinni oçib bergan institut direktori, akademik Azamat Ziyo kun tartibidagi mavzu ilmiygina emas, siyosiy mazmunga ham egaligi, bosqin va unga qarşi kuraşni şunçaki tarixiy voqea emas, balki bosqinçilarning çin tabiati va xalqimizning erkinlik tuyğusi nuqtai nazarlaridan örganiş va yoritiş kerakligi, Rossiya imperiyasining Turkistonga tajovuzini oqlaş böyiça singdirib kelinayotgan turli «ilmiy-nazariy» nayranglarni oçib taşlaş zaruratiga urğu berdi.
«Toşkent bosqinining 160 yilligi: haqiqat va uydirmalar» ilmiy yiğinida bildirilgan ilmiy qaraşlar, fikrlar xalqimiz, ayniqsa, yoşlarni tarixiy bilimlar bilan qurollantiriş, yurt uçun kuyunib yaşaş, tinçlik-osoyiştalik, ozodligimizni köz qoraçiğidek saqlaşdek muqaddas burçni bajarişga xizmat qilişi aniq», deyiladi xabarda.











