Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli harbiy tajovuzini qöllab-quvvatlovçi rus tilidagi Telegram kanallari 26 iyun, payşanba kuni Germaniya Qurolli kuçlarining (Bundesver) oltita yuk maşinasi yonayotgani aks etgan surat va videolarni çop etdi. Z-kanallardan birining xabariga köra, nemis yuk maşinalari Ukraina Qurolli kuçlari uçun möljallangan bölgani uçun öt qöyiş «odamlarimiz» tomonidan sodir etilgan.

Germaniya şarqidagi Erfurt şahrida MAN Truck & Bus kompaniyasining rasmiy xizmat körsatiş markazi bölgan MAN Trucks & Bus Service GmbH hududida 22 iyun kuni keçqurun yonğin sodir böldi, deb yozadi Germaniyaning MDR ommaviy-huquqiy media kompaniyasi. Unga köra, törtta yuk maşinasi butunlay yonib ketgan, yana ikkitasiga yengil zarar yetgan.

«Povernutyye na voyne» Telegram kanali «UQK ehtiyojlari uçun turli harbiy texnikalar ta’mirlaş uçun Erfurtga olib kelinmoqda», deb yozadi. «Odamlarimiz bularning barçasini keraksiz, UQKga ham bunday uskunalar kerak emas, deb qaror qildi va şunçaki yoqib yubordi», — deyiladi naşrda. Yoqib yuborilgan Bundesver yuk maşinalari haqiqatan ham Ukraina uçun möljallanganmi yoki yöqmi, hozirça noma’lum, deb ta’kidlaydi dpa agentligi. Bundesver Erfurtda sodir bölgan voqeaga izoh bermadi.

Dpa ma’lumotiga köra, e’lon qilingan videoda yonğinning dastlabki bosqiçlari aks etgan, favqulodda xizmatlar öşa paytda voqea joyiga hali yetib kelmagan. Ayni paytda, öt qöyiş böyiça tergov olib borayotgan Tyuringiya federal yeri jinoiy politsiya idorasi video tasvirlarning haqiqiyligini tekşirmoqda.

2024 yil iyul oyida noma’lum şaxslar oltita MAN harbiy yuk maşinasini yoqib yuborgan, ulardan uçtasi Bundesverga tegişli, qolgan uçtasi Singapurdan kelgan va rejali texnik xizmat körsatişdan ötkazilayotgan edi.