Kun.uz'ga Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanidagi 50-maktabga bolasini bermoqçi bölgan onalardan murojaat kelib tuşdi. Ular davlat maktabida pulli sinflar oçilayotganidan norozi.

“Bu axir davlat maktabi-ku, nimalar qilişyapti bular? Tajribali sinf rahbarlarining sinflari pulli bölarkan, tajribasiz, reytingi pastlariniki esa tekin. Bu toza odam ajratiş-ku, axir. Nimalar bölyapti özi? Tölaşga puli yöqlarning farzandi yaxşi sinf rahbarida öqişga loyiq emas ekan!” – deydi şaxsi sir qolişini istagan murojaatçilardan biri.

50-maktab Toşkent markazida, metroning Amir Temur xiyoboni bekati oldida joylaşgan. Kun.uz muxbiri farzandini maktabga bermoqçi bölgan ona sifatida maktab direktori Laziza Arifxonova bilan boğlandi.

“Tijoriy sinflarni oçganimizga ikkinçi yil ketyapti. Ötgan yili birinçisini oçganmiz, bu yil ikkinçi yil. Boşqa maktabda direktor örinbosari bölib işlab kelganman, u maktabda ham pulli sinf bor edi, bu tizim işlayotganiga 4 yil bölyapti, şu sabab menda bu birinçisi emas.

[1-sinflar uçun] 4 ta sinf oçilyapti, şulardan bittasi – tijoriy sinf. “Kommerçeskiy” sinflarning oyiga tölovi 2 mln 800 ming sömdan, 3 mahal ovqati, darslari, qöşimça maşğulotlari, keçgaça “krujok”lari bilan birga. Robototexnika, çizmaçilik, raqs, 2 xil sport, master-klass keladi bularga, keyin ingliz tilidan qöşimça darslar kiritganmiz. Hozir 2-sinfdagi bolalarimizga özbek tilidan qöşimça darslar kiritganmiz – şunaqa qilib har kuni bolalar uçta-uçta maşğulotlar bilan band. Bu ixtiyoriy”, – dedi u.

Maktab direktoriga köra, sinfxonalar yetişmovçiligi sababli yuqori sinflarda pulli tizim qilinmagan. Hozirça faqat boşlanğiçda bor.

Laziza Arifxonova maktabga qabul qiliş tartibini ham tuşuntirdi.

“20 iyunda my.maktab.uz bazasi oçiladi. U bazada özingizni, keyin farzandingizni röyxatdan ötkazasiz. “Propiska” böyiça bolani maktabga joylaştirişingiz kerak. Keyin avgust oyida qöşimça kvota oçiladi, xuddi öşa saytning özida asosiy kvotadan keyin qöşimça kvotani tanlab, tumanimiz va 50-maktabni tanlab, navbatga turasiz. Keyin suhbatga kelasizlar. Mikrohududimiz kiçkina, şu sabab ota-onalarimizda navbatga turişga bemalol imkoniyat bor”, – dedi u.

Davlat maktabida pulli sinf qilinişi qonunçilikda yöq

2019 yilda hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda umumiy örta ta’lim muassasalarida pulli ta’lim xizmatlarini körsatiş tartibi belgilangan. Hujjatga köra, qöşimça ta’lim berişga qaratilgan pulli ta’lim xizmatlaridan foydalaniş ixtiyoriy.

U maktablarning öquv dasturlarida nazarda tutilmagan, ya’ni davlat ta’lim standartlaridan taşqari maşğulotlarni öz içiga oladi. Xizmat maktab direktori va öquvçilarning ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar örtasida tuziladigan şartnoma asosida körsatiladi.

Uning narxlari maktab kuzatuv kengaşi bilan kelişilgan holda, direktor tomonidan tasdiqlanadi. Direktor va pedagoglar tomonidan öquvçilarning majburiy tartibda pulli ta’lim xizmatlariga jalb etilişiga yöl qöyilmaydi.

Nizomda pulli yoki tijoriy sinflar tuşunçasi qayd etilmagan. Ammo Konstitutsiyaning 50-moddasiga köra, davlat bepul umumiy örta ta’lim va boşlanğiç professional ta’lim olişni kafolatlaydi. Qolaversa, ayni modda Özbekiston 1994 yilda ratifikatsiya qilgan “Bola huquqlari töğrisidagi konvensiya”ning 28-moddasida ham aks etgan.

Kun.uz bu borada Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining rasmiy munosabatini oliş uçun sörov yubordi.

Davlat maktabiga pulli qabulni qonunçilikka kiritiş taşabbusi

Özbekiston Vazirlar Mahkamasi 2019 yilda qabul qilgan qaror asosida, 2019/20-öquv yilida Toşkentdagi 81 ta maktabga ixtiyoriy va qisman pulli qabulni taşkil etiş közda tutilgan edi. Öşa vaqtdagi xalq ta’limi vaziri Şerzod Şermatov buni nufuzli maktablarga mikrohududdan taşqarida yaşaydigan bolalarning qabul qilinişidagi korrupsiyani jilovlaş maqsadi bilan izohlagan edi.

Bu taşabbus köplab tanqidlarga sabab bölgaç, yangi tartib bekor qilingandi. 81 ta talabgir maktabga bolani joylaştirişning antikorrupsion çoralarining ijrosini ta’minlaş yöli topilmagunça, bu maktablarga qabulda hozirça pul olinmaydi, deya ma’lum qilgandi öşanda Şermatov.

Ötgan 6 yil davomida bu boradagi vaziyat qanday özgargani ma’lum emas. Ammo ötgan davrda şaharda xususiy maktablar ança köpaydi, bu – Şermatov aytgan “ta’siri katta” taşkilotlarda işlovçilarning bosimi kamayişiga yordam bergan bölişi mumkin.

Milliy statistika qömitasi ma’lumotiga köra, 2018-2024 yillarda Özbekistonda xususiy maktablarda öqiyotgan öquvçilar soni 8 barobarga oşgan. 2018/19 öquv yilining boşida 13 769 nafar öquvçi xususiy maktabga qatnagan bölsa, 2024/25 öquv yili boşida bu körsatkiç 112 093 nafarga yetgan.