1 iyul, seşanba kuni AQŞ ma’muriyati Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ni rasman yopdi. Davlat kotibi Marko Rubio Oq uyning bu qarorini agentlikning göyoki samarasizligi, şuningdek, amaldagi ma’muriyatning ustuvor yönalişlari AQŞ milliy manfaatlarini amalga oşiriş ekanligi bilan izohladi.

Rubioning sözlariga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati USAID'ning minglab dasturlarga sarflagan xarajatlarini tahlil qilib, öz faoliyati davomida önlab yillar davomida inflatsiyani hisobga olgan holda 715 milliard dollardan ortiq mablağ ketganini aniqlagan. Şu bilan birga, AQŞ davlat kotibi rivojlaniş maqsadlariga erişilmagani yaqqol körinib turganini ta’kidladi.

Marko Rubio USAID orqali eng köp yordam olgan davlatlarni özaro yordam berişdan boş tortişda aybladi. Xususan, 1991 yildan beri 165 milliard dollar olgan Afrikasi davlatlari BMTda muhim rezolyutsiyalar böyiça ovoz berişda atigi 29 foiz holatda AQŞni qöllab-quvvatladi, dedi Rubio. U «hukumat tomonidan tasdiqlangan samarasizlik davri» tugaganini e’lon qildi.

USAID'ning ba’zi funksiyalari AQŞ Davlat departamentiga ötadi va u ularni «köproq mas’uliyat, strategiya va samaradorlik bilan» amalga oşiradi, dedi Marko Rubio. Uçinçi mamlakatlarni qöllab-quvvatlaşning yangi modeli «yordam örniga savdo» tamoyiliga asoslanadi, dedi Rubio. Uning sözlariga köra, rivojlanayotgan mamlakatlar önlab yillar davom etadigan homiylikdan köra, barqaror ösiş imkonini beradigan sarmoyalarni afzal köradi.