Boku şahridagi «Zagulba» qarorgohida Ozarboyjonga davlat taşrifi bilan borgan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib oliş marosimi böldi.

Qarorgoh oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari kötarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Oliy martabali mehmonni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev kutib oldi.

Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul davlat rahbarlari oldidan saf tortib ötdi.

Birgalikda suratga tuşilganidan söng, Özbekiston va Ozarboyjon yetakçilarining tor doiradagi uçraşuvi boşlandi.