Şavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 2-4 iyul kunlari davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatda böladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taşrif dasturiga muvofiq, 2-3 iyul kunlari Boku şahrida Oliy davlatlararo kengaşning ikkinçi yiğilişi va boşqa oliy darajadagi tadbirlar bölib ötadi.
Özbekiston bilan Ozarboyjon örtasidagi döstlik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, hamkorlikning ustuvor yönalişlarida kooperatsiya va almaşinuvlarni kengaytiriş masalalari körib çiqiladi.
Özbekiston prezidenti 4 iyul kuni Xonkandi şahrida Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining 17-sammitida iştirok etadi va qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazadi.











