Ma’lum qilinişiça, şu yil boşida qabul qilinib, 1 iyuldan kuçga kirgan hukumat qarori – haydovçilarni YPX xodimlariga hujjatlarning aslini taqdim etiş majburiyatidan ozod qilmaydi.

Bu qaror asosida 17 ta turdagi hujjatlarning my.gov.uz sayti hamda MyGov va “Ijtimoiy karta” ilovalaridagi elektron şakli joriy etilişi belgilangan. 1 iyuldan e’tiboran bu elektron şakldagi hujjatlar banklarda, notarial idoralarda, içki temiryöl va aviareyslar uçun vokzal va aeroportda röyxatdan ötişda, davlat xizmatlari, korporativ xizmatlar va boşqa xizmatlarni körsatişda hamda fuqarolarni qabul qilişda hujjatning qoğoz şakli bilan teng darajada qabul qilinişi kerak.

Bu tartib YHHXning fuqarolarga xizmat körsatuvçi ma’muriy amaliyot markazlari, röyxatlaş va imtihon oliş bölimlarida ham amal qiladi.

Lekin, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 135-moddasi 4-qismiga köra, haydovçilar YPX inspektorlariga transport vositasini boşqariş davomida biometrik pasport yoki ID-kartaning asl nusxasini taqdim etişlari şart. Pasport yoki ID-kartaning asl nusxasi taqdim etilganda, haydovçilik guvohnomasi va boşqa hujjatlar söralmaydi.

Avvalroq, yuqoridagi qaror asosida, 1 iyuldan e’tiboran aeroportlarda içki reyslar uçun röyxatdan ötişda pasportning raqamli şaklini ham qabul qiliş yölga qöyilgani xabar qilingandi.