Vazirlar Mahkamasining qaroriga köra, 1 iyuldan boşlab yölovçilar mahalliy yönalişlardagi parvozlarga şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarning elektron variantidan foydalangan holda röyxatdan ötişlari mumkin böldi.

Aeroportda röyxatdan ötişdan oldin yölovçi my.gov.uz sayti/mobil ilovasi yoki «Ijtimoiy karta» mobil ilovasidagi şaxsiy kabinetiga kirib, şaxsiy ma’lumotlar sahifasiga ötadi va elektron şaklda şaxsni tasdiqlovçi hujjatlarni röyxatdan ötiş joyidagi xodimga körsatadi.

Faqat my.gov.uz sayti/mobil ilovasi yoki «Ijtimoiy karta» mobil ilovasidagi joriy ma’lumotlar şaxsni tasdiqlovçi hujjat sifatida qabul qilinadi, şuning uçun röyxatdan ötiş paytida şu kabi hujjatlarning nusxalari, fotosuratlari, pasport/ID'ning skanerlangan variantlari yoki şaxsiy ma’lumotlar bölgan veb-sayt sahifasining «skrinşot»lari qabul qilinmaydi.

Eslatib ötamiz, mazkur tartib şu yil boşida qabul qilingan hukumat qarorida belgilangan.

Qarorga, 2025 yil 1 iyuldan Özbekiston hududida şaxsni tasdiqlovçi (ID karta, nikoh va haydovçilik guvohnomasi, işonçnoma va boşq.) hujjatlarning elektron nusxasi ham davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan majburiy tartibda qabul qilinadi.