Közingiz tuşgan bölsa kerak, Rossiya va Ozarboyjon örtasida siyosiy sovuqlaşiş avj oldi. Avvaliga Moskvada maxsus kuçlar ikki ozarboyjonlikni öldirib qöydi. Keyin Boku Rossiya propagandaçi axborot agentligining Ozarboyjon bölimini FSB agenturasi deb topib, ikki agentni uşladi. Xullas, mojaro kattalaşib ketdi.

Rossiya va Ozarboyjon munosabatlari faqatgina şu voqea sabab sovuqlaşgani yöq. Yaxşilab öylab qaralsa, ikki davlat örtasidagi sovuqlik ildizi mustaqillikning ilk yillariga borib taqaladi. Quyida şu haqda. Bu Isroil – Eron, Rossiya – Ukraina uruşi kabi muhim mavzu emasdir, lekin işoning, SSSR me’rosxöri Rossiya va siyosiy vazn jihatdan xuddi bizga öxşagan davlat örtasidagi bu mojarodan kamida xabardor bölib turişimiz kerak.

Qoraboğ uruşi

Demak, Rossiya va Ozarboyjon örtasidagi sovuqlik ildizi mustaqillikning ilk yillariga, hatto undan ham oldinroq – SSSR tarqalişi arafasidagi yillarga töğri keladi. Qoraboğ uçun töqnaşuvlar aynan ittifoq tarqaliş yoqasiga kelib qolgan davrda boşlangandi.

Keyin mustaqillik boşida Armaniston ozarlardan tarixiy Qoraboğini olib qöyadi. Tan oliş kerak, öşa payda sobiq ittifoq hududida bunaqa jiddiy uruşlar Rossiya ruxsatisiz bölişi qiyin edi. Armaniston Ozarboyjon yerlarini okkupatsiya qilişiga qarşilik qilmaganining özi Rossiya Yerevan tomonda bölganini bildiradi. Buning ustiga, Armaniston Qoraboğni Rossiya qurollari bilan olgan.

Ozarboyjon u paytlar hozirgidek boy emas, harbiy qudrati haminqadar edi. Lekin qazilma boyliklari evaziga oyoqqa turgan ozarlar 30 yil armiyani kuçaytirişdi, omborlarni qurolga töldirişdi, eng muhimi Turkiyadek NATOga a’zosi bilan ayrilmas strategik ittifoqçi bölişdi. Rossiya Ukrainada uruş boşlab Donbassdagi kömir konlarini egallaş orzusida yonayotgan bir vaqtda ikki hamlada Qoraboğni qaytib olişdi.

Mana şu 30 yil içida Ozarboyjon Rossiyaga qarşi heç qanday iş qilmadi. Heç qanday bayonot ham bermadi. Lekin ozarlarning iç-içidan alami bor edi. Çunki Armaniston «Rossiya bizning ittifoqçimiz, ozarlar Qoraboqqa tegolmaydi», deb katta ketib yurganini hamma bilardi. Çindan Qoraboğda rus harbiylari göyoki tinçlikni ta’minlaş uçun kiritilgandi ham. Biroq uruş boşlangaç, Rossiyaning armanlar bilan işi bölmay qoldi.

Köça tilida aytganda, ikki kiçik sinf öquvçisi janjaliga bir öquvçining katta sinfda öqiydigan akasi qöşilgandi. Endi öşa katta aka «qöşni maktabni zabt etişga ketganida» boyagi alamzada bola tengdoşi bilan yakkama-yakka çiqib jağini ezdi. Va janjalda tengdoşini nohaq qöllagan öşa katta sinf öquvçisiga nisbatan yuragining bir burçagida nafrat saqlanib qoldi. Endi bilagi kuçga tölgan paytda boyagi katta bolaga nafratini körsata boşladi...

Samolyot halokati

E’tibor bergan bölsangiz, Qoraboğni qaytarganidan keyin Ozarboyjon Rossiyaga qarşi heç qanday bayonot bermadi. Aliyev Moskvadagi tadbirlarga borib ğolibona kulib ötiraverdi. Göyoki «Rossiya bilan ittifoqingizga na öldi, Paşinyan», degandek.

Biroq ötgan yil bir voqea sodir böldiki, endi Boku Rossiyaga nisbatan 30 yillik sukutni buzişga majbur böldi. Ozarboyjon samolyoti Rossiya şahriga uçayotganda Rossiya harbiylari uni urib qöyişdi. Yetmaganiga uçoqqa eng yaqin aerdromga qönişga ruxsat berilmagaç öq yegan samolyot butun Kaspiyni uçib ötib Qozoğistonga quladi. Juda köp odam öldi.

Rossiya tomoni samolyot qulaşiga quşlar galasi bilan töqnaşuv, kislorod balon portlaşi kabi absurd sabablarni keltirgani Bokuning ğazabini kuçaytirdi. Axir samolyot yerga qulaşi bilan tarqalgan suratlarda fyuzelajdagi öq izlari körinib turgandi.

Eng qiziği, samolyot Grozniy osmonida öqqa tutilgani aniq bölganidan keyin ham Rossiya tomoni bu iş uçun uzr söramadi. Putin Aliyev bilan suhbatda «hodisa Rossiya osmonida sodir bölganidan afsusdaligini» bildirdi xolos.

Halokatdan keyin qilgan çiqişlarida prezident Aliyev Rossiya manziliga keskin gaplar aytdi, Moskvani «har xil uydirmalar öylab topmay haqiqatni tan olişga» çaqirdi. Rossiyaga nisbatan biror MDH davlati rahbari bunaqa çiqişlar qilişini bir neça yil avval tasavvur qilib bölmasdi.

Pardalar kötarildi

Oldingi videolardan birida Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş dunyo siyosatida köp narsani özgartirgani, ikki Yevropa davlati tört yildan buyon bir-birga raketa otganini dunyo xotirjam qabul qilgaç, davlatlar endi duşmanlikni oşkora bildirayotganini aytgandik. Çindan endi barça pardalar kötarilganga öxşayapti. Bölmasa Moskvada ikki muhojir urib öldirilgani ortidan keçagina Rossiyaga qaram bölgan davlat bugun Rossiyaga nisbatan bunaqa işlar qilayotganini boşqaça atab bölmaydi...

Ötkir Jalolxonov tayyorladi

Tasvirçi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov