AQŞ prezidenti Donald Tramp Isroil Ğazoda 60 kunlik öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişiş uçun «zarur şartlarga» rozi bölganini bildirdi. Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozişiça, uşbu sulh doirasida «uruşni töxtatiş uçun barça tomonlar bilan işlaydi», biroq aynan qanday şartlar nazarda tutilgani oçiqlanmadi.
«Sulh böyiça yakuniy taklifni Qatar va Misr yetkazadi. Umid qilamanki, Hamas bu kelişuvni qabul qiladi, çunki undan yaxşisi bölmaydi — faqat yomonlaşadi», - degan Tramp.
Trampga köra, bu kelişuvning asosi şunday: 60 kunlik öt oçişni töxtatiş davrida Isroil va Hamas uruşni doimiy tugatiş böyiça muzokaralarni boşlaydi. Bu aynan ötmişda sulh harakatlarini barbod qilgan asosiy tösiqlardan biri edi.
Isroilning BMTdagi elçisi Danni Danonning sözlariga köra, Isroil sulhga «butunlay tayyor», ammo Hamas bu taklifni qabul qiladimi-yöqmi — bu hozirça mavhum. Tramp yaqin kunlarda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan uçraşişi arafasida bu bayonotni berdi. U «Netanyahu sulh istayotganiga» işonsa-da, Hamas hanuz muzokaralarda qatnaşmayapti.

«Uruş faqat garovdagilar uyga qaytgandagina tugaydi», - dedi Danon BBC’ga bergan intervyusida. Hozirda Ğazoda 50 ga yaqin isroillik garovda, ulardan kamida 20 nafari tirik ekani taxmin qilinmoqda.
Nega avvalgi sulh takliflari qöllab-quvvatlanmagan?
Axios naşriga köra, Tramp bu haqdagi bayonotni uning vakili Stiv Uitkoff va Isroilning strategik işlar vaziri Ron Dermer bilan Oq uyda bölgan suhbatdan söng e’lon qilgan. Ular Qatar tomonidan taklif etilgan yangilangan sulh va asirlar almaşuvi rejasi haqida muhokama qilişgan.













