Çexiyada elektr energiyasi ta’minotida keng kölamli uziliş sodir böldi, deb xabar beradi Novinky.cz.

Blekaut Praganing katta qismiga ta’sir körsatdi. Natijada metro harakati butunlay, şuningdek, tramvay va trolleybus tarmoqlari qisman töxtab qoldi.

Yuzlab odamlar liftlar içida qolib ketgani aytilmoqda. Bundan taşqari, köplab bankomatlar işlaşdan töxtagan. Blekaut Praga aeroportiga ta’sir körsatmagan.

Elektr energiyasi ta’minotining uzilişi Çexiyaning boşqa hududlarida, masalan, Mlada-Boleslav, Usti nad Labem, Gradeskralove şaharlarida ham kuzatildi.

Blekautga energotizimdagi texnik nosozlik sabab bölgan, hozirda vaziyat örganilmoqda.

May oyida Ispaniya va Portugaliyada elektr energiyasi ta’minotida keng kölamli uzilişlar kuzatilgandi. Öşanda ayrim mintaqalar beş soatgaça svetsiz qolgan edi.