Qirğizistonda aholi jon boşiga daromadlar oxirgi 3 yilda 85 foizga oşib, 2 500 dollarga yetgan. Iqtisodçi Mirkomil Xolboyevga köra, bu ösiş tendensiyasi saqlanib qoladigan bölsa, qöşni respublika 2027 yilga borib jon boşiga daromadlar böyiça Özbekistondan ötib ketadi. 2030 yilga borib, örtaça qirğizistonlik örtaça özbekistonlikdan 1,5 baravarga boyroq bölişi mumkin.

2022-2024 yillar oraliğida Qirğizistonda aholi jon boşiga daromad qariyb ikki barobarga oşdi. – Bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ösiş körsatkiçi. Bu haqda Xalqaro valuta jamğarmasi hisobotida qayd etilgan.

Hisobotda keltirilişiça, Qirğizistonda sönggi uç yilda iqtisodiy ösiş har yili 9 foizdan bölgan. Jon boşiga daromadlar esa 85 foizga ösib, 2 500 dollarga yetgan. Taqqoslaş uçun, bu davrda jon boşiga daromad Tojikistonda 49 foizga, Qozoğistonda 42 foizga, Özbekistonda 37 foizga oşgan.

XVJ ma’lumotlariga köra, Qirğizistonda joriy yilning birinçi çoragida ösiş yanada tezlaşib, 13,1 foizga yetgan. Yil yakunida umumiy ösiş 6,8 foizni taşkil etişi, örta muddatli istiqbolda esa bu körsatkiç 5,25 foizgaça sekinlaşişi prognoz qilinyapti.

Özbekistonlik iqtisodçi Mirkomil Xolboyevning e’tibor qaratişiça, agar Qirğizistonda iqtisodiy ösiş şunday sur’atlarda davom etsa, mamlakat 2027 yilga borib aholi jon boşiga daromadlar böyiça Özbekistondan ötib ketadi.

“Agar sönggi uç yildagi (dollardagi) örtaça ösiş davom etsa, unda Qirğiziston 2026 yilda jon boşiga daromad böyiça mamlakatimizga deyarli yetib oladi, 2027 yildan esa örtaça qirğizistonlik örtaça özbekistonlikdan boyroq böladi. 2030 yilga borib Qirğizistonda jon boşiga daromad Özbekistonga nisbatan 1,5 barobarga yuqoriroq bölişi mumkin”, deya yozdi u.

Qattiqqöl hokimiyat va uruş effekti

Özbekistonlik boşqa bir taniqli iqtisodçi Otabek Bakirovga köra, qöşni respublikadagi keskin iqtisodiy kötarilişning asosiy omili – qayta markazlaştiriş siyosatidir.