Turkiyada hayvonlar orasida öta xavfli oqsim kasalligi epidemiyasi qayd etildi, deb xabar berdi Ihlas Haber.
Qayd qilinişiça, Qurbon hayiti nişonlangandan söng, hayvonlar orasida kasallik holatlari keskin oşgan. Qişloq xöjaligi vazirligi mamlakatning 81 viloyatiga favqulodda xabarnoma yuborgan. Oqibatda Turkiya barça çorva bozorlarini vaqtinça yopib, epidemiologik xavfli hududlarda karantin joriy qilgan.
Oqsim epidemiyasi sayyohlar uçun yangi ogohlantirişlarga sabab böldi.
Oqsim – tuyoqli hayvonlarning (qoramol, qöy, eçki, çöçqa) ötkir va öta yuqumli virusli kasalligidir. Unga pikornavirus sabab böladi.
Yuqumli kasalliklar böyiça mutaxassislarning ta’kidlaşiça, oqsim kasalligi virusi odamdan odamga yuqmaydi. Infeksiyaning asosiy tarqaliş yöli kasal hayvon bilan aloqa qiliş yoki xom sut va qayta işlanmagan göştni iste’mol qilişdir. Şu bilan birga, virus issiqlik bilan işlov beriş va ultrabinafşa nurlar ta’sirida tezda yöq qilinadi.
Kasallik profilaktikasi – hayvonlarni emlaş, karantin va dezinfeksiya hisoblanadi.












