Toşkent şahrida iyun oyida tilançilik bilan şuğullanayotgan şaxslarga qarşi ötkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida uç yuzga yaqin şaxslar aniqlanib, tegişli çoralar körildi. Bu haqda Toşkent şahri IIBB xabar berdi.
Qayd qilinişiça, ularning 70 nafariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning «Tilançilik qiliş» moddasiga asosan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan, 47 nafari ma’muriy jarimaga tortilgan. 68 nafari bilan profilaktik suhbat ötkazilgan va sud tomonidan ogohlantirilgan. 44 nafar voyaga yetmagan bola Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga topşirilgan. 15 nafarining şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari yöqligi sababli Reabilitatsiya markaziga yuborilgan, 2 nafar şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining «Tilançilik qiliş» moddasiga köra jinoyat iş qözğatilgan. Qolgan şaxslarga nisbatan tekşiruv işlari davom etmoqda.
Ta’kidlanişiça, 2025 yil yarim yillik hisobotiga köra, tilançilikni öziga kasb qilib olgan 1880 nafar şaxs aniqlangan.
Qonunçilikka köra, bu turdagi huquqbuzarlik bilan şuğullaniş BHMning 3 baravarigaça miqdorda jarimaga (1 mln 125 ming söm) yoki 15 sutkagaça muddatga ma’muriy qamoqqa olişga sabab böladi.
Voyaga yetmagan şaxslarni, keksa yoşdagi şaxslarni, ruhiy holati buzilgan, nogironligi bölgan şaxslarni va boşqa şaxslarni tilançilik qilişga jalb etiş, şuningdek, şaxslarga alkogolli içimliklarni yoxud giyohvandlik moddalari yoki psixotrop moddalar bölmagan, lekin şaxsning aql-idrokiga ta’sir körsatuvçi moddalarni majburan iste’mol qildirgan holda ularni tilançilik qilişga jalb etiş BHMning 10 baravarigaça miqdorda jarima solişga (3 mln 750 ming söm) yoki 15 sutkagaça muddatga ma’muriy qamoqqa olişga sabab böladi.
Şunday qilmiş ma’muriy jazo qöllangandan keyin sodir etilsa, jinoiy javobgarlikka tortişga sabab böladi va 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.













